So’nggi yangiliklar

15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  5 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  30 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7

O'FA huzuridagi hududiy futbol associaciyalari masofadan turib ish jarayonini davom ettirmoqda Yangiliklar

O'FA huzuridagi hududiy futbol associaciyalari masofadan turib ish jarayonini davom ettirmoqda

Teglar :  O'FA
Xabaringiz bor, ayni vaqtda yurtimizda karantin qoidalari amal qilayotgani sababli O'zbekiston futbol associaciyasining barcha bo'linmalari o'z faoliyatini masofadan turib davom ettirmoqda.

Xususan, hududiy futbol associaciyalari vakillari ham masofadan turib ish olib borishmoqda. 

Bugun O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov barcha hududiy futbol associaciyalari rahbarlari bilan navbatdagi videomuloqot o'tkazdi. Unda o'tgan galgi muloqot davomida belgilangan vazifa hamda topshiriqlar ijrosi muhokama etildi. Qolaversa, mutaxassislar yana qator mavzularda o'zaro fikr almashishdi. 

Jumladan, har bir viloyat futbol associaciyasining moliyaviy holatiga doim jiddiy etibor qaratish, bu borada muntazam ravishda tizimli ish olib borish, zarur holatlarda qo'shimcha hamkor va homiylar jalb etgan holda musobaqalar tashkil etish muhim ekani qayd etildi.

SHuningdek, associaciyalarda va umuman futbol sohasida faoliyat yuritayotgan kadrlarning malaka hamda tajribasini muntazam ravishda oshirib borish, chin manodagi futbol mutaxassislariga ega bo'lish mavzusiga ham alohida etibor qaratildi.

Bilasiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni asosida O'zbekiston futbol associaciyasi huzurida Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi tashkil etilmoqda.

Mazkur markaz zamonaviy ilmiy yutuqlar va innovacion texnologiyalardan foydalangan holda jami 7 ta yo'nalish bo'yicha – trener, selekcioner (skaut), tahlilchi, hakam, marketolog, psixolog va futbol menejeri kabi yuqori malakali futbol mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug'ullanadi.

Yurtimizda ilk bora tashkil etilayotgan bunday futbol talim muassasasi xorijiy va mahalliy tajribali mutaxassislar o'zbek futbolining turli sohalarida faoliyat yuritadigan etuk kadrlarni tayyorlaydi. Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida tahsil olish uchun barcha yo'nalishlar bo'yicha yurtimizning har bir hududidan nomzodlar ro'yxati shakllantiriladi. Bu borada viloyat futbol associaciyalariga aniq topshiriqlar berildi.

SHuningdek, videomuloqot davomida hududlardagi futbol mahorati maktablariga direktor hamda sport direktori lavozimlari uchun taqdim etilgan nomzodlar ro'yxatlari muhokama qilindi. Endilikda ularning orasidan eng munosiblarini saralab olish bo'yicha ish olib boriladi. Jumladan, nomzodlar O'FA maxsus komissiyasi orqali videosuhbatdan o'tkaziladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика