So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Odil Ahmedovning "SHanxay SIPG"dagi 2017 yili qanday o'tdi Yangiliklar

Odil Ahmedovning "SHanxay SIPG"dagi 2017 yili qanday o'tdi

O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to'p tepadigan "SHanxay SIPG" klubi futbolchilarga tatil berdi.

Hamyurtimiz Xitoy klubidagi 2017 yilgi mavsumni qanday o'tkazdi? Odil Ahmedovning Xitoy Superligasi ko'rsatkichlarini etiboringizga havola qilamiz.

Ahmedov Xitoy chempionatida o'tkazilgan 30ta turning 19tasida ishtirok etdi. Futbolchimiz biror marta zaxirada o'yinga qo'shilgani yo'q. Terma jamoamiz sardori qatnashgan o'yinlarning 13tasida "SHanxay SIPG" g'alaba qozongan bo'lsa, 4tasida durang qayd etilgan, 2ta uchrashuvda esa SHanxay jamoasi mag'lubiyatga uchragan. Ahemdovning Xitoy Superligasidagi umumiy o'yin vaqti 1691 daqiqa.

Odil Ahmedov "Guanjou Evergrand"ga qarshi bahsda pas aniqligi bo'yicha Xitoy Superligasi 2017 mavsumidagi o'zining eng yomon natijasini qayd etgan. Futbolchi uzatmalarining 77% o'z egasiga etib borgan. Eng yaxshi natija esa 29 oktyabr "Xenan Jiane"ga qarshi bahsda qayd etilgan. Ushbu uchrashuvda Ahmedovning 94,5% paslari aniq bo'lgan. 2017 yilgi mavsumning 19ta o'yinidagi o'rtacha ko'rsatkich 87,6%.

O'zbekiston terma jamoasi sardori Xitoy chempionatining 19ta o'yinida raqib darvozasiga 28ta zarba bergan. Ularning 3tasi golga aylangan ("Xenan Jiane", "CHonkin Linfan", "SHanxay SHenxua"). Golli paslar soni esa 1ta.


Futbolchi 19ta uchrashuvning 11tasida markaziy yarim himoyachi, 8tasida esa tayanch yarim himoyachisi bo'lib o'ynagan. Ahmedov 19ta uchrashuvda hakamlar tomonidan 4 marta sariq kartochka bilan ogohlantirildi ("Xenan Jiane" (2ta), "Tianjin", "CHonkin Linfan"). Qizil kartochka esa yo'q.

Xitoy Superligasi turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика