So’nggi yangiliklar

17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  3 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  3 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  0 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  8 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  16 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  4 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  8 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  15 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  4

Odil Ahmedovga yangi chaqiriq kerak Yangiliklar

Odil Ahmedovga yangi chaqiriq kerak

Odil Ahmedovni futbolchilik paytidan beri kuzatib kelaman.

Futbolni tugatganidan so'ng Odil Ahmedov O'FAda ish boshladi va vice-prezident etib tayinlandi. Lekin uning yangi ish joyidagi ishi aynan nimadan iborat ekanini bilmayman. U futbolchilik paytida qaysi klubda to'p tepmasin, doim murabbiy ko'rsatmasini bajargan. Hozir esa birmuncha mustaqil faoliyat olib boryapti deya olaman.

"Neftchi" - "Lokomotiv" bahsini yoritish uchun "temiryo'lchilar" bilan Qo'qonga borganimda Javohir ismli yigit bilan yaqindan tanishdim. Futbolning ashaddiy ishqibozi ekan. O'zaro ko'p suhbat qurdik va mavzulardan biri Odil Ahmedovning O'FAdagi faoliyatiga taqaldi. "Aka, Odil Ahmedovning O'FAdagi ishiga qanday qaraysiz?", deb so'radi Javohir mendan. Menda esa bu borada aniq javob yo'q edi, chunki Odilning nima ish bilan mashg'ul ekanini to'g'risi bilmayman. 

Ammo biroz o'ylanib miyamga bir fikr keldi va buni Javohirga aytdim. Odil Ahmedov - ko'ngli pok, zo'r yigit, u futbolimizning asl fidoyilaridan biri, lekin yanada o'zini ko'rsatishi uchun unga yangi chaqiriq kerak dedim. Bu chaqiriq qanday bo'lishini quyida tushuntirishga harakat qilaman. 


Agar O'FAni bir jamoa deb oladigan bo'lsak, jamoa rahbari O'FA prezidenti Abdusalom Azizov. Futbolchasiga aytganda, jamoa bosh murabbiyi deya qolaylik. Malumki, jamoada hamma bosh murabbiyga quloq soladi va futbolchilar uning ko'rsatmasiga binoan maydonda harakat qiladi. Murabbiy tanlagan strategiya, futbolchilar borasidagi to'g'ri tanlov va taktika jamoani g'alabalar sari etaklaydi. Va yakunda chempion bo'ladi. 

Fikrimcha, O'FA ham g'alaba qozonishi uchun tashkilot rahbari barcha yuqori lavozimdagi xodimlarni bir joyga yig'ib, ularga aniq bir ko'rsatma berishi lozim. Bu o'rinda kimdir darvozabon, kim himoyachi, kimdir himoyachi va yana kimdir hujumchi vazifasini o'tab beradi. Bizni oldinda ikkita katta musobaqa - Osiyo Kubogi-2023 va Olimpiya o'yinlari-2024 kutayotganini hisobga olsak, bu o'rinda ENG KATTA MAS'ULIYAT Ravshan Ermatov bilan Odil Ahmedov gardaniga tushishi kerak bo'ladi. 

Aytaylik, O'FA rahbari Abdusalom Azizov Ravshan Ermatov bilan Odil Ahmedovni kabinetiga chaqirib, ular bilan suhbat quradi va yakunda shunday deydi: "Ravshan, sen bugundan boshlab O'zbekiston milliy terma jamoasiga javobgarsan. Maqsad - 2023 yil Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogida kamiga yarim finalga qadar etib borish. Buning uchun nima kerak bo'lsa, hammasini hal qilishga harakat qilamiz. Jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanec bilan doim o'zing muloqotda bo'lasan, jamoadagi muammolar va kamchiliklarni ham sendan so'rayman. Osiyo Kubogida natija o'xshamagan taqdirda o'zing javob berasan". 


O'FA prezidentining Odil Ahmedov bilan suhbati ham taxminan shunday bo'ladi: "Odil, bugundan boshlab O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga asosiy masul bo'lasan. To'g'ri, natija uchun murabbiy javob beradi, lekin men murabbiydan oldin sen bilan gaplashaman. Maqsad bitta: 2024 yil Parijda bo'lib o'tadigan Olimpiadaga borish. O'zbekiston tarixda hali Olimpiya o'yinlarida ishtirok etmagan. Bu esa sen uchun ham yangi imkoniyat bo'ladi. Qolaversa, jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze bilan terma jamoada birga o'ynagansizlar va ishonamanki, bir-biringizni tushunish va muammolarni birgalikda hal qilish qiyin kechmaydi. Biz nima qilib bo'lsa-da, Olimpiadaga borishimiz shart. Sen esa bu vazifani bajarishda asosiy javobgar shaxs bo'lasan. Jamoada qanaqa muammo bo'lsa, to'g'ridan-to'g'ri menga kelib aytasan, o'z navbatida men ham kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beraman. Bu yo'ldagi ishing iyunda o'zimizda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatidan boshlanadi". 

Xullas, futbolning ashaddiy shinavandasi Javohirga Odil Ahmedov yangi marraga chiqishi uchun unga konkret vazifa topshirilishi kerak, shunda bu o'zi uchun ham yangi chaqiriq bo'ladi va bundan ilhomlanib eng shimarib ishga kirishadi dedim. Javohir esa "Ha, aka, gapingiz to'g'ri" deb qo'ydi. 

Endi to'g'rimi-noto'g'rimi, bilmayman. Lekin Odil Ahmedov Olimpiya terma jamoamizga masul etib tayinlansa va u faqat olimpiyachilar bilan mashg'ul bo'lsa, uyquga yotganda tushida Eyfel minorasini ko'rib, ertalab uyg'onganda ko'z oldida "Stad de Frans" gavdalansa, o'ylaymanki, O'zbekiston 2024 yil Parijga borishi uchun borini beradi. 

Xayrulla Xoliqov.

Foto: O'FA matbuot xizmati

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика