So’nggi yangiliklar

13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  0 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  2 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  2 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  0 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  2 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  2 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  4 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  6 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0

Odil Ahmedovdan xet-trik. "Paxtakor" 13 yil oldin "Al Ayn"ni mag'lub etgan bahsni yodga olamiz Yangiliklar

Odil Ahmedovdan xet-trik. "Paxtakor" 13 yil oldin "Al Ayn"ni mag'lub etgan bahsni yodga olamiz

Bugun, 19 sentyabr kuni OCHL 1-turi doirasida "A" guruhi vakillari "Paxtakor" hamda "Al Ayn" Toshkentda o'zaro bellashishadi.

Uchrashuv 19:00da start oladi va "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. Bugun Osiyo CHempionlar ligasi o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz va tarixdagi "Paxtakor" - "Al Ayn" to'qnashuvi yodga olamiz. Umid qilamiz, o'quvchilarimiz tarixiy kadrlarni tomosha qilib zerikib qolishmaydi.


OCHL-2010 doirasida Toshkentda o'tkazilgan uchrashuvga to'xtalamiz. Musobaqaning "C" guruhidan joy olgan "Paxtakor" "Al SHabab" (S.Arabistoni), "Sepaxon" (Eron) va "Al Ayn" (BAA) jamoalari bilan pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib borgan. O'shanda "sherlar" guruhda 9 ochko bilan "Al SHabab" (10 ochko)dan keyin ikkinchi o'rinni egallashgan va 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritishgan.

OCHL-2010 guruh bosqichining 5-turida "sherlar" o'z maydonlarida "Al Ayn"ni qabul qilishgan. O'sha uchrashuv Odil Ahmedovning benefisiga aylanib ketgandi. Ahmedov amirliklar klubi darvozasini 3 bor aniq nishonga olgan va jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etgan.

P.S. 13 yil oldingi o'yindan tarixiy suratlarni taqdim etgan taniqli fotograf Hasan Pirmuhammedovga alohida minnatdorchilik bildiramiz.


OCHL, "C" guruhi
5-tur, 13.04.2010
Toshkent, "Paxtakor" markaziy stadioni, 14600 tomoshabin
"Paxtakor" - "Al Ayn" 3:2
Hakamlar:
Metyu Briz (Avstraliya)
Gollar: O.Ahmedov 9, 12, 29 - X.Valdiviya 2, I.Suyunov 20 (avt.)

"Paxtakor": 33.Eldor Tojiboev, 4.Boyan Miladinovich, 21.Kamoliddin Tojiev, 19.Aleksandr Kleckov, 27.Ilhom Suyunov, 6.Murod Xolmuhammedov (14.SHerzod Karimov, 37), 7.Darko Markovich, 25.Odil Ahmedov (13.Oybek Qilichev, 90), 28.Stanislav Andreev, 11.Asqar Jadigerov, 35.Aleksandr Geynrix (23.Alisher Azizov, 88).
Zaxira: 30.Temur Jo'raev, 5.Akbar Ismatullaev, 8.Akmal Xolmatov, 9.Milorad Yanush.

"Al Ayn": 12.Volid Salem, 26.Saif Muhammad (11.Ahmad Ali, 46), 44.Faris Juma, 4.Musallam Fayoz, 5.Ismoil Ahmad, 50.Li Ho (19.Muhannad Salem, 46), 10.Xorxe Valdiviya, 7.Ali Al Vehaibi, 40.Abdulloh Malallah, 2.Abdulaziz Fayoz (20.Muhammad Abdulrahmon, 69), 8.Emerson SHeik.

Ogohlantirishlar: D.Markovich 23, SH.Karimov 52, A.Geynrix 61 - S.Muhammad 28, X.Valdiviya 35, I.Ahmad 42, M.Fayoz 55, Emerson SHeik 69
CHetlatish: Emerson SHeik 90

"Al Ayn"ning boshlang'ich tarkibi.



Hali 23 yoshga ham to'lmagan Odil Ahmedov "Paxtakor" sardori bo'lgan paytlar.


"Al Ayn"ni braziliyalik Tonino Serezo boshqarardi (chapdan birinchi).


Andreev to'pni Ali Al Vehaibidan olib qo'yishga urinmoqda.


Afsuski, stadionga kelganlarning tabi 2-daqiqadayoq xira bo'lgandi. Xorxe Valdiviya chap qanot o'tkir burchakdan belgilangan jarima zarbasini golga aylantirgandi.


- Yigitlar, kayfiyatni tushirmaymiz. Hozir biz ham birinchi golimizni uramiz...


- Mio, birinchi golim yoqdimi?


Odil Ahmedov shu kuni 20 daqiqa ichida 3ta gol urgandi.


Boyan Miladinovich shaxsan men uchun o'zbek klublarida o'ynagan eng kuchli legioner himoyachi.


Hasan Pirmuhammedovdan ajoyib kadr.


Odil Ahmedov Osiyo CHempionlar ligasida xet-trik qayd etgan tarixdagi birinchi o'zbekistonlik futbolchi hisoblanadi.


Ilhom Suyunov va Emerson SHeik to'p uchun kurashda. Suyunov 20-daqiqada o'z darvozasiga gol urib qo'ygan bo'lsa, Emerson 90+daqiqada ikkinchi sariq va ketidan qizil kartochka olgan. O'sha kuni o'z jamoasi uchun zarar keltirgan ikki o'yinchi bir suratda, qiziq kadr)


Radulovich zaxiradan maydonga tushishga taraddud ko'rayotgan SHerzod Karimovga ko'rsatma bermoqda.


Samvel Babayan ham Karimovga maslahat berishga chog'lanmoqda.


Aleksandr Geynrix o'sha mavsum OCHLda bitta gol urgandi ("Sepaxon"ga qarshi 3-tur o'yinida).


- Odil, bugun avjiga chiqding. Barakalla!


Tabiiyki, Ahmedov uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi bo'lgandi.


"Paxtakor" bugun tarixni yana bir bor takrorlab berarmikin? Buni kechqurun "Bunyodkor" stadionida bilib olamiz.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика