Odil Ahmedov: "Navbahor"ning asosiy tarkib bilan o'ynashini xohlagandik. Faqatgina shunday o'yinlar orqali yosh o'yinchilar o'sishi mumkin"
20 apr 2023 13:04
Yangiliklar
Odil Ahmedov: "Navbahor"ning asosiy tarkib bilan o'ynashini xohlagandik. Faqatgina shunday o'yinlar orqali yosh o'yinchilar o'sishi mumkin"
- "Navbahor" bilan o'yin haqida nima deya olasiz? Bu o'yin jamoangiz uchun O'zbekiston kubogidagi birinchisi bo'ldi.
- Yaxshi o'ynadik deb o'ylayman. Ammo, bizga tajribali jamoa qarshilik ko'rsatdi, shu sabab, albatta, qiyin bo'ldi. "Navbahor" nima qilish kerakligini bildi, bizning yoshlarimiz esa endi o'rganmoqda. Qaerdadir shoshishdi, qaerdadir his-tuyg'ularni tutib turusholmadi. Ular hali ham bolalar futbolida o'ynamoqdamiz deb o'ylashmoqda deb aytsa bo'ladi. Nimadir chiqmadi, ammo umuman olganda men mamnunman.
- "Navbahor"ning bugun asosiy tarkib bilan chiqqani sizni ajablantirmadimi?
- Aksincha, raqibning kuchli tarkib bilan o'ynashini xohlagandik. Bu yoshlarimiz uchun katta motivaciya va tajriba. Jamshid Iskanderov, Temurxo'ja Abduxoliqov va boshqa ko'plab o'yinchilarga qarshi o'ynash foydali. Bunday o'yinlar juda muhim - faqatgina ular orqali o'sish va qandaydir o'zini ko'rsatish mumkin.
- Mamlakat kubogida "Olimpiya" oldida qanday vazifa turibdi?
- Asosiy maqsad - tarbiyalanuvchilarimizning Superligada, mamlakatdagi turli yoshdagi terma jamoalarida o'ynashi va so'ngra legioner bo'lishlari.
- Mavsum so'nggiga ko'ra Pro Ligaga chiqish vazifasi turibdimi?
- Yo'q, biz faqatgina o'yinchilarimizning rivojlanishiga etibor qaratganmiz. Jamoa har o'yinga chiqishi, maydonda bor kuchini berishi va futbol borasida o'sishi kerak.
Emil Bermuhamedov suhbatlashdi
Alisher Ostonov tarjimasi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar