So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  36 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  3 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  60 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Odil Ahmedov: "Katta yo'lga chiqdik!" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "Katta yo'lga chiqdik!"

Ertaga Odil Ahmedov futbol akademiyasi qoshida tashkil etilgan "Olimpiya" jamoasi O'zbekiston Kubogida 1-tur uchrashuvini o'tkazadi.

Raqib kubok uchun asosiy davogarlardan biri – "Navbahor". Bahs oldidan klub rahbari Odil Ahmedov bilan qisqacha suhbatlashdik.

- Yil boshida 2 nafar futbolchimiz Pro ligadagi "Lokomotiv" va "Paxtakor" U-21 jamoalari safiga borib qo'shildi. Qolgan o'yinchilarni ham shakllantirish maqsadida Birinchi ligaga jamoa qo'yishga qaror qildik. Natijada 6 yil avval tashkil qilgan akademiyamiz, bugun Olimpiya zaxiralari kolleji bilan hamkorlikda katta klubga aylana oldi. Biz joriy mavsum PFL Birinchi ligasiga jamoa qo'yish bilan birga, kubok saralash o'yinlarida ham qatnashdik. Dastavval jamoa "Qumqo'rg'on-1977" jamoasini mag'lubiyatga uchratdi, keyin "Jayxun"dan ustun keldi. SHundan so'ng biz "Andijon", "Navbahor" va "Olimpik" jamoalari o'rin olgan guruhdan joy oldik. 

- Jamoa uy o'yinilarini qaysi arenada o'tkazadi?

- SHu o'rinda, O'zbekiston yoshlar siyosati va sport vazirligi qoshidagi Respublika olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejiga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tsam. Aynan shu dargoh bilan hamkorlikda ishlab kelyapmiz. O'zim ham shu maktab tarbiyalanuvchisiman. Biz o'qib yurgan kezlarimizda bu erdagi stadionda Ikkinchi liga uchrashuvlari bo'lar va men guruhdoshlarim bilan barcha o'yinlarni tomosha qilardik. Mana shu ananani tikladik, endi bu erdagi stadionga katta futbol qaytdi. Uy o'yinlarimizni aynan shu arenada o'tkazamiz. FIFA talablariga to'liq javob beradigan ikkinchi stadionimizni ham qurilish ishlari bitib qoldi. Bu haqda keyinroq batafsil, o'sha erda gaplashamiz.

- Ertangi o'yin haqida nima deysiz?

- Tarkibimiz negizi 2006 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat. Maqsadimiz – ularni katta futbolda chiniqtirish. O'zbekiston Kubogi bizning yosh tarbiyalanuvchilar uchun juda katta tajriba maydoni. Eng asosiy vazifamiz – futbolchilarimizni Superliga jamoalariga tayyorlab berish.

Eslatib o'tamiz, ertangi uchrashuv Toshkentdagi ROZK stadionida 16:45 da start oladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика