So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

Odil Ahmedov: "Futzal futboldan kuchliroq" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "Futzal futboldan kuchliroq"

Xorazmda o'zbek futbolining 110 yillik bayrami haqida Odil Ahmedov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Tadbir doirasida O'FA hamda xorazmliklar ishtirokida futzal bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi. Unda Odil Ahmedov ham ishtirok etdi.


Xorazmdagi tadbirlar haqida

Avvalambor o'zbek futbolining 110 yillik bayrami bilan barcha o'zbek muxlislarni chin qalbimdan tabriklayman. Ushbu shodiyona doirasida har bir viloyatda tadbirlar o'tkazishni rejalashtirganmiz. Bugungi kunda Prezidentimiz ommaviy sportga katta etibor qaratmoqda. SHu munosabat bilan futbol va sanat yulduzlari bilan tashrif buyurib, shunday tadbirlar tashkil etmoqdamiz. O'ylaymanki, kelgusida bu ishlarning foydasi tegadi.

Faoliyatingizni yakunlaganingizdan so'ng yana O'zbekiston terma jamoasining libosini kiydingiz...

Bilasizmi, bu libosni echganim bilan u mening qon-qonimga singib ketgan. SHu bois, bu jarayon men uchun oddiy holat. Lekin bunday tadbirlarda to'p tepish ham insonga zavq bag'ishlaydi.

Siz katta futbolda tanilgansiz. Bugun esa futzalchi sifatida maydonga tushdingiz. Bulardan qay biri qiyinroq?

Futzal qiyinroq, chunki uning maydon kichik, bemalol dribling namoyish qilib, emin-erkin yugurishning imkoni yo'q. SHu bois, futzal qiyinroq deb bilaman.

Xorazm futbolining buguni va kelajagi haqida fikrlaringiz...

Bu haqda ko'p gapirildi. Xorazmdan Masharipov, Iskandarov singari ko'plab istedodlar etishib chiqqan. Biroz etibor berilib, to'g'ri yo'nalishda ish olib borilsa, ushbu viloyatdan ham ko'pgina serqirra futbolchilar etishib chiqadi deb o'ylayman.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика