So’nggi yangiliklar

13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  3 12:40Суперлига. 23-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 12:27Эксперт фикри. Диёр Мирзабоев: "Андижон" икки фронтга тайёр эмасдек кўринди, баъзи жамоалар таркиби Суперлига учун етарлича кучлимас"  0 11:55​"Нефтчи" мухлислари қаршисида "Динамо"ни доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0 11:26Ўзбекистон кубоги ярим финал ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  4 11:14Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашувини ким бошқариши маълум  6 11:09Владислав Цейтлин Роналду клубининг ўйинида ишлайди   1 11:02Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ҳакамлар 2-турнинг иккита ўйинида ишлашади  0 10:58Футзал бўйича саралаш. Бошқа гуруҳларда кимлар бор?  0 10:54Футзал. Бугун терма жамоамиз Шарқий Тиморга қарши майдонга тушади  1 10:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг навбатдаги йиғинига чақирилган футболчилар маълум  4 10:01Элит ОЧЛ. Биринчи тур учун рамзий жамоа тузилди, ундан "Насаф" ўйинчиси ҳам ўрин олди   1 09:52Sofascore. Жароҳат олиб, майдони тарк этган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 09:21Гвардиола шахсий антирекордини янгилади  3

Odil Ahmedov: "Akademiyamizdan jahon maydonlarini zabt etadigan futbolchilar etishib chiqadi" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "Akademiyamizdan jahon maydonlarini zabt etadigan futbolchilar etishib chiqadi"

Teglar :  Odil Ahmedov
O'zbekiston milliy jamoasi hamda Xitoyning "Tianjin Teda" klubi futbolchisi Odil Ahmedov Mustaqilligimizning 29 yilligi munosabati bilan "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.

Kecha, 28 dekabr kuni Ko'ksaroyda mukofotlarni topshirish marosimi bo'lib o'tdi va unda Odil Ahmedov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoevdan mukofotni qabul qilib oldi.

"Avvalambor yuksak mukofot uchun barcha futbolchilar nomidan minnatdorchilik bildiraman. Bu mukofot men uchun juda ham katta kuch va ishonch, motivaciyadir. Davlat rahbari sifatida ilk bor ish boshlagan kuningizdan boshlab futbol rivojiga katta etibor qaratdingiz. 2019 yil o'zbek futbolini rivojlantirish borasidagi farmoningiz tarixiy farmon bo'ldi deya olaman.

SHu farmondan ruhlanib Namangan va Toshkent shahrida o'zimning xususiy futbol akademiyamni ochdim. Bu akademiyada 250 nafarga yaqin yosh futbolchilar shug'ullanib kelishmoqda. Ishontirib aytamanki, ularning orasidan O'zbekiston bayrog'ini yuqoriga ko'taradigan, jahon maydonlarini zabt etadigan futbolchilar etishib chiqadi. Yana bir bor ishonch, yuksak unvon uchun oilam nomidan, barcha sportchilar nomidan rahmat aytaman",- deydi Odil Ahmedov.



Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика