So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

OCHL. Samvel Babayan: "Mumbay"ni mensimayotganlar adashadi" Yangiliklar

OCHL. Samvel Babayan: "Mumbay"ni mensimayotganlar adashadi"

OCHL 2-turi doirasidagi "Navbahor" - "Mumbay Siti" uchrashuvidan avval matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda Samvel Babayanga jamoa yarim himoyachisi Azim Ahmedov sheriklik qildi va OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.   


Samvel Babayan: "Assalomu alaykum. Ertaga bizni muhim bahs kutib turibdi. O'zbekiston zamonaviy tarixida ilk bor Namangan, "Navbahor" stadioni Osiyo CHempionlar Ligasi uchrashuviga mezbonlik qiladi. Ikki yil avval klubga kelganimizda, biz hurmatli hokim bilan "Navbahor"ni qayta jonlantirish, shonli tarixdagi obro'sini tiklash, O'zbekiston chempionatida eng yuqori o'rinlarga qaytarish va Osiyo futbolida ham o'z izini qoldirishini istagandik. Qisman bu vazifani uddaladik. Bugun "Navbahor" o'zbek futboli elitasida va OCHLda mamlakat sharafini himoya qilmoqda. 

Ertangi uchrashuv haqida gapiradigan bo'lsak, bazilarda "Mumbay" jamoasi haqida yanglish fikr bo'lishi mumkin. Ochig'ini aytaman, ularning o'yinini o'rganib chiqdik. Ular 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsada, barcha texniko-taktik metrikalar bo'yicha eronliklardan ustunlik qilishdi. Hujumda ko'plab vaziyatlar yaratishdi. Ikkita o'ta qulay vaziyatda omad eronliklarga kulib boqdi. 

Bizning asosiy vazifamiz har bir o'yinga tayyorgarlik ko'rish va asosiy maqsad guruhdan chiqib, pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritish.

Azim Ahmedov: "Barchaga assalomu alaykum. "Navbahor" muxlislarini ertangi bayram bilan tabriklamoqchiman. Xudo xohlasa, ertaga juda ham yaxshi o'yin bo'ladi. Muxlislar bizni qo'llab-quvvatlab turishsa, chiroyli o'yin va g'alaba bilan ularni xursand  qilmoqchimiz".

Birinchi takidlamoqchi bo'lganim, hozir bizda mavsum ayni qizg'in pallasida. SHu sababli malum darajada charchoq alomatlari, jarohatlar bor. Biroq biz ertaga optimal tarkibda maydonga tushishga harakat qilamiz. 

Masuliyat va imkoniyatlar haqida gapirsak, bugungi "Navbahor" ambiciyasi yuqori jamoa. OCHL bahslarida ham statist rolida bo'lmaslikka, muxlislarimizni xursand qilishga astoydil urinamiz.



Raqib CHempionlar Ligasida ishtirok etish tajribasiga ega. "Mumbay" jamoasi bu Xindiston termasining asosini tashkil etuvchi klub hisoblanadi. Mahalliy eng kuchli futbolchilarga sifatli legionerlar qo'shilgan. Jamoaning barcha chiziqlari teng kuchli, deya olaman. Albatta, o'yinga shularni va o'z imkoniyatlarimizni hisobga olgan holda reja tayyorlaymiz.

CHempionlar Ligasida oson, o'tish o'yinlari yo'q. Bu erda har bir jamoa bor kuchini ishga soladi. Har bir jamoa musobaqaga tayyorgarlik ko'rgan va tarkibini ham shunga qarab shakllantirgan. "Mumbay" jamoasi ham mahalliy chempionatning eng kuchli futbolchilarini tarkibida jamlashga harakat qilgan. Ishonchim komil, futbolchilarning darajasidan kelib chiqib ular ham guruhdan chiqishni maqsad qilib harakat qilishadi. Takrorlayman, birinchi turda ham ular yomon o'ynagani yo'q, "Mumbay" raqibdan yaxshiroq ham o'yin ko'rsatgandi. 



Azim Ahmedov: Har bir poziciyasidagi futbolchilarni o'rganib chiqdik. Raqibning kuchli va zaif nuqtalarini bilishga harakat qildik. Xudo xohlasa, ertaga barchasi yaxshi bo'ladi. 

Favorit haqida gapiradigan bo'lsak, shubhasiz, bu "Al Hilol". Ularning tarkibida jahon darajasidagi yulduzlar, o'z mamlakatlari termasi etakchilari harakat qiladi. Qolgan uch jamoaning imkoniyatlari bir-biriga yaqin, deb hisoblayman. Biroq har bir jamoa ochko olib qo'yishi, qoniqarli natijaga erishishi mumkin. CHunki futbolning taktik tomoni ham juda muhim hisoblanadi.          


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика