So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  17 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  2 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  13 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  20 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   12 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

"Paxtakor"ning raqiblari, "Lokomotiv" va "Bunyodkor"ning ehtimoliy raqiblari malum. "OCHL guruh bosqichiga qura tashlandi Yangiliklar

"Paxtakor"ning raqiblari, "Lokomotiv" va "Bunyodkor"ning ehtimoliy raqiblari malum. "OCHL guruh bosqichiga qura tashlandi

Bugun Osiyo CHempionlar ligasi-2020 guruh bosqichiga qura tashlandi.

Marosim OFKning Kuala-Lumpurdagi shtab-kvartirasida bo'lib o'tdi. SHu sahifada qura jarayonini kuzatib bordingiz.

YANGILASH


OCHL-2020

"G'arb" mintaqasi
"A" guruhi

1. "Al Vahda" (BAA)
2. "Al SHorta" (Iroq)
3. Pley-off 4 ("Al Faysali" (Iordaniya), "Al Kuvayt" (Kuvayt), "Istiqlol" (Eron), "Ar Rayan" (Qatar)
4. Pley-off 2 ("Lokomotiv", "Istiqlol" yoki "Al Ahli")


"B" guruhi
1. "Al Hilol" (S.Arabistoni)
2. "SHabab Al Ahli" (BAA)
3. "Paxtakor"
4. Pley-off 3 ("CHennayin Siti" (Hindiston), "Al Riffa" (Bahrayn), "SHahr Xodro" (Eron), "Al Sayliya" (Qatar)


"C" guruhi
1. "Al Duhayl" (Qatar)
2. "Al Taavon" (S.Arabistoni)
3. "SHarja" (BAA)
4. "Persepolis" (Eron)


"D" guruhi
1. "Sepaxon" (Eron)
2. "Al Sadd" (Qatar)
3. "Al Nassr" (S.Arabistoni)
4. Pley-off 1 ("Bunyodkor", "Al Zavra" yoki "Al Ayn")



"SHarq" mintaqasi
"E" guruhi
1.
"Beyjing Goan" (Xitoy)
2.  
"CHangrei Yunayted" (Tailand)
3.
Pley-off 4 ("Tampines Rovers" (Singapur), "Bali Yunayted" (Indoneziya), "Melburn Viktori" (Avstraliya), Yaponiya klubi)
4.
Pley-off 1 ("Kedah" (Malayziya), "Tay Po" (Gonkong), "Seul" (Janubiy Koreya)


"F" guruhi
1.
"Ulsan" (J.Koreya)
2.
"SHanxay SHenxua" (Xitoy)
3.
"Pert Glori" (Avstraliya)
4.
Pley-off 3 ("Seres-Negros" (Filippin), "SHan Yunayted" (Myanma), "Port FK" (Tailand), "Tokio" (Yaponiya)


"G" guruhi
1.
Yaponiyaning vice-chempioni
2.
"Suvon Bluevings" (J.Koreya)
3.
"Guanchjou Evergrand" (Xitoy)
4.
"Johor Darul tazim" (Malayziya)


"H" guruhi
1.
"Sidney" (Avstraliya)
2.
"Yokogama" (Yaponiya)
3.
"Jonbuk Motors" (J.Koreya)
4.
Pley-off 2 ("Buriram Yunayted" (Tailand), "Xo SHi Min" (Vetnam), "SHanxay SIPG" (Xitoy))




Quraning birinchi qismi uchun sharlarni saudiyalik afsonaviy hujumchi Yosir Al-Qahtoni tortib berdi.


Janob SHin Mangil so'zga chiqdi.


Superligada uchinchi o'rinni egallagan "Bunyodkor" ikkinchi saralash bosqichini o'z uyida Iroqning "Al Zavra" klubiga qarshi o'tkazadi. Bu o'yin g'olibi BAAda "Al Ayn" mehmoni bo'ladi. Mazkur bahs g'olibi guruh bosqichiga chiqadi. Malumot uchun, "Al Zavra" o'tgan mavsum OCHLning "A" guruhida 8 ochko bilan "Zob Axan" hamda "Al Nassr" jamoalaridan keyin uchinchi bo'lgandi.


Ekranda OCHL-2020 guruhlari haqida to'liq malumot beruvchi lavha namoyish etilmoqda.


"Lokomotiv" O'zbekiston vice-chempioni sifatida OCHLning 2-saralash bosqichini Tojikistonning "Istiqlol" jamoasiga qarshi boshlaydi. "Temiryo'lchilar" ushbu bellashuvda g'olib bo'lishsa, Saudiya Arabistonida "Al Ahli" mehmoni bo'lishadi. Mana shu uchrashuv g'olibi guruh bahslarida ishtirok etadi.


Dato Uinsdor Jon so'zga chiqdi va ayrim jihatlarga to'xtalib o'tish bilan birga jamoalarga omad tiladi.


"Lokomotiv" matbuot kotibi Xayrulla Xoliqov va Saudiya Arabistonining afsonaviy hujumchisi Yosir Al Qahtoni.




Marosim boshlovchisi Rish Roshan Ray tadbirni boshlab bermoqda.


Marosim ishtirokchilarini ro'yxatdan o'tkazish jarayoni.


O'zbekiston chempioni "Paxtakor" esa "B" guruhining uchinchi jamoasi bo'lishi oldindan malum. Demak, SHota Arveladze shogirdlarining raqiblaridan biri Saudiya chempioni "Al Nassr" bo'lishi aniq. Yodingizda bo'lsa "Al Nassr" o'tgan mavsum saralash bahslarida AGMKni 4:0 hisobida mag'lub etgan va keyinchalik musobaqaning chorak finaliga qadar etib borgan edi.

"Lokomotiv" vakillari Xayrulla Xoliqov hamda Sardor Akromov.


O'zbek klublari vakillari marosim bo'lib o'tadigan manzilga etib kelishgan palla.



OCHL-2020 guruh bosqichiga qura tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 13:30da boshlanadi. Mamlakatimizdan chempion "Paxtakor" to'g'ridan-to'g'ri guruh bellashuvlariga yo'l olgan bo'lsa, vice-chempion "Lokomotiv" hamda bronza medallari sohibi "Bunyodkor" ikkinchi saralash bosqichidan kurashga kirishadi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика