So’nggi yangiliklar

15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  0 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  2 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  5 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  1 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  14 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  3 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  7 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  8

OCHL. "Al Hilol"da koronavirus bilan bog'liq muammolar davom etadi, jamoa kecha bosh murabbiysiz mashg'ulot o'tkazgan Yangiliklar

OCHL. "Al Hilol"da koronavirus bilan bog'liq muammolar davom etadi, jamoa kecha bosh murabbiysiz mashg'ulot o'tkazgan

Qatar maydonlarida OCHL-2020 G'arb mintaqasi o'yinlari markazlashgan holda o'tkazilmoqda.

"B" guruhidan o'rin olgan Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi Dohaga kelganidan beri koronavirus girdobidan chiqib ketolmayapti.

Uch kun oldin jamoaning 15 nafar o'yinchisi va 10ga yaqin xodimlarida Covid-19 aniqlangani haqida xabar bergan edik. Bugunga kelib ularning soni yana oshdi. Himoyachilar Muhammad Jahfali va Muhammad Kunaydiri, yarim himoyachilar Muhammad Kanno hamda Nossir Al Davsarilarning topshirgan test natijalari ham ijobiy chiqqan va ular karantinga olingan. Demak, Covid-19 yuqtirib olgan futbolchilar jamoada 19 nafarga etdi. "Al Hilol"ning yoshlar jamoasidan 3 o'yinchi kelib qo'yilganidan xabaringiz bor. Bundan tashqari, birinchilardan bo'lib virus aniqlanganlar orasidan yarim himoyachilar Salmon Al Faraj (jamoa sardori) va Hamad Alabdan karantindan chiqdi va ikki kundan beri mashg'ulotlarga qaytgan. Jarohati bor Abdulloh Otayf va Turki Fahad Al Mutairilar ham tiklanib mashg'ulotlarni boshlashgan.

7-raqamda jamoa sardori Salmon Al Faraj.


Bu hali hammasi emas, riyodliklar "SHabab Al Ahli"ga qarshi bugungi o'yin oldidan kecha so'nggi mashg'ulotni o'tkazishgan. Unda bosh murabbiy Rezvan Luchesku, asosiy darvozabon Abdulloh Al Muayuf va yarim himoyachi Hattan Sulton Bahberi ishtirok etmagan. Bunga sabab - ularning oxirgi topshirgan testlari natijasi mashg'ulotga qadar chiqib ulgurmagan.

Ayni paytga kelib "Al Hilol"ning jami 19 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi. Bular:

Darvozabonlar: Muhammad Vakid, Abdulloh Al Jadani, Navaf Al G'amdi.

Himoyachilar: Muhammad Al Burayk, Yosir Al SHahroni, Abdulloh Al Hafiz, Muteb Al Mufarrij, Ali Al Bulayhi, Muhammad Jahfali, Muhammad Kunaydiri.

Yarim himoyachilar: Salmon Al Faraj, Hamad Alabdan, Navaf Al Obid, Salim Al Davsari, Muhammad Kanno, Nossir Al Davsari.

Hujumchilar: Sebastyan Jovinko, Saloh SHehri, Bafetimbi Gomis.

Koronavirusdan davolanib safga qaytganlar: Salmon Al Faraj, Hamad Alabdan.

Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" - "SHabab Al Ahli" bahsi bugun, 23 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan 21:00 (Toshkent vaqti bilan 23:00)da start oladi. Bellashuv Dohadagi "Khalifa International Stadium"da bo'lib o'tadi.

Al Hilal

AFC Champions League Grp. B . 6-tur

24/09/2020, 00:00

0
:
0
Cancelled

Shabab Al-Ahli Dubai FC

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика