So’nggi yangiliklar

14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0

OCHL. “Al Hilol” musobaqa finaliga 9-marotaba yo'l olib, rekordini yangiladi. Riyodliklar 2017 hamda 2019 yillarda “Urava”ga qarshi to'qnash kelgan Yangiliklar

OCHL. “Al Hilol” musobaqa finaliga 9-marotaba yo'l olib, rekordini yangiladi. Riyodliklar 2017 hamda 2019 yillarda “Urava”ga qarshi to'qnash kelgan

Biroz oldin Osiyo chempionlar ligasi 1/2 finalida o'rin olgan “Al Hilol” hamda “Al Duhayl” o'rtasidagi bahs yakunlandi va unda riyodliklar o'ta yirik g'alabani qo'lga kiritdi – 7:0.

“Al Hilol” o'z tarixida 9-marotaba (1991, 2000, 2019, 2021 yillar chempion bo'lgan, rekord) mazkur musobaqa finaliga chiqib, o'z rekordini yangiladi. Ularga hal qiluvchi bahsda Yaponiyaning “Urava” jamoasi raqiblik qiladi. Etiborlisi, ikkala jamoa 2017 hamda 2019 yillarda OCHL finalida o'zaro to'qnash kelgan.

2017 yil ikki o'yin natijasiga ko'ra, “Urava” (1:1, 1:0) g'olib kelgan bo'lsa, keyingisida “Al Hilol” raqibiga imkoniyat qoldirmagan – 1:0, 2:0.

Yaponiyaliklar o'z navbatida 4-marotaba hal qiluvchi bahsga yo'l oldi. Ular hisobida 2 ta (2007, 2017) titul bor.

Eslatib o'tamiz, OCHL joriy mavsumining finali ham oxirgi yillardagi kabi 2 o'yindan iborat bo'ladi. Dastlabki uchrashuv 29 aprel kuni, javob bahsi esa 6 mayga belgilangan.

Malumot o'rnida, musobaqa 2002 yildan Osiyo CHempionlar Ligasi nomini olgan. Ungacha esa klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati (1967-1972) hamda Osiyo chempionlar kubogi (1985-2002) nomi bilan atalgan.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика