So’nggi yangiliklar

17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  2 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  0 16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  7 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  5 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Таҳлил – футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  5 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4

OCHL-2019. AGMKning taxminiy raqiblari haqida batafsil Yangiliklar

OCHL-2019. AGMKning taxminiy raqiblari haqida batafsil

Teglar :  OCHL-2019AGMK
O'zbekiston kubogi sohibi AGMK klubi keyingi yil Osiyo chempionlar ligasi saralashida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

AGMK guruh bosqichiga chiqishi uchun ikkita raqibni mag'lub etishi kerak. Biz O'zbekiston klubining taxminiy raqiblari haqida malumot berishga qaror qildik.  


Birinchi saralash bosqichi
5 fevral

Tojikiston chempioni - Bahrayn chempioni

Ikkinchi saralash bosqichi
12 fevral

AGMK (O'zbekiston) - Birinchi saralash bosqichi g'olibi

Pley-off bosqichi
19 fevral

"Al Nassr" (Saudiya Arabistoni) - Ikkinchi saralash bosqichi g'olibi



Tojikiston chempioni
Hozircha bu raqib nomi malum emas. Sababi Tojikistonda chempionat 4 dekabr kuni o'z yakuniga etadi. Ayni paytda 18ta o'yindan so'ng Dushanbening "Istiqlol" klubi 45 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Xuddi shuncha o'yin o'tkazgan "Xo'jand" hisobida 42 ochko bor. Ikkala klub ham yana 3ta o'yin o'tkazishadi. Oxirgi to'rt yilda Tojikiston chempioni bo'lib kelayotgan "Istiqlol"ning bu yil ham tengsiz bo'lish uchun imkoniyatlari juda yaxshi.

Mazkur klub Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida hech qachon ishtirok etmagan. OFK kubogida esa 2015 va 2017 yillarda finalga qadar etib borgan.

O'tgan hafta "Istiqlol" Tojikiston kubogi finalida "Regar-TadAz" klubini 1:0 hisobida mag'lub etib, ettinchi marta mamlakat kubogi sohibiga aylandi. Bu Tojikiston klublari uchun mutloq rekord hisoblanadi.

Bu yil "Istiqlol" safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Jahongir Abdumo'minov to'p tepmoqda. Jamoada ukrainalik himoyachi Artyom Baranovskiy ham o'ynamoqda.

Jamoa bosh murabbiyi vazifasini Alisher To'xtaev bajarmoqda.



Bahrayn chempioni
Bahraynning amaldagi chempioni "Muharraq" klubi hisoblanadi. Bu yil ushbu klub o'z tarixida 34-marta chempionlikni nishonladi. SHohruh Gadoevning sobiq jamoasi ham Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida hech qachon o'ynamagan. 2008 yilda "Muharraq" OFK kubogida g'olib chiqqan edi. Bugungi kunda jamoani bahraynlik mutaxassis Salmon SHarida boshqarmoqda.

2017 yilda OCHL pley-off bosqichida "Nasaf" Bahrayn chempioni "Al Hidd" klubini 4:0 hisobida mag'lub etgani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak.

"Muharraq" safida suriyalik Ahmad Dib, kongolik Alvaro Portilo, braziliyalik Felipino kabi legionerlar o'ynashmoqda.



Saudiya Arabistoni chempionati 3-o'rin sohibi
O'tgan mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida "Al Nassr" klubi bronza medaliga ega chiqqan edi.

Ushbu jamoani bugungi kunda urugvaylik Xose Daniel Karreno boshqarib bormoqda. Ushbu murabbiy Qatar terma jamoasidagi ishi orqali o'zbek muxlislariga tanish. JCH-2018 saralashida O'zbekiston terma jamoasi Qatarni safarda mag'lub etgach ushbu murabbiy istefoga chiqqan edi.

2011, 2015 va 2016 yilgi mavsumlarda Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etgan. Faqat 2011 yilda jamoa guruhdan chiqib 1/8 finalda yutqazib qo'ygan edi.

"Al Nassr" safida avstraliyalik darvozabon Bred Jons, perulik Kristian Ramos, marokashlik Abdulrazzoq Hamdallah va Nurdin Amrabat, braziliyalik Juliano, Brunu Uvini va Petros, Nigeriya terma jamoasi hujumchisi Ahmad Musa kabi mashhur legionerlar bor. Mahalliy futbolchilardan Yahyo Al SHehri, Omar Havsavi, Muhammad Al Sahlavi aynan shu klubda faoliyat olib borishmoqda.

Ayni paytda Saudiya Arabistoni ligasida 7ta tur ortda qoldi. "Al Nassr" 6ta g'alaba va 1ta durang bilan musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo'lib turibdi.


Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика