So’nggi yangiliklar

08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  1 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  4 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7

OCHL-2018. “Nasaf” – “Al Faysali” uchrashuvi oldidan Yangiliklar

OCHL-2018. “Nasaf” – “Al Faysali” uchrashuvi oldidan

Teglar :  NasafAl Faysali
30 yanvar seshanba kuni "Nasaf" o'z maydonida OCHL-2018 guruh bosqichiga chiqish masalasini hal qiladi. “Ajdarlar” "Al-Faysali"ga qarshi bahs yuritishadi.

Bu uchrashuvga qadar ikki klub, bir marta o'zaro tuqnash kelishgan. Faqat o'tgan uchrashuv OFK kubogining nimchorak finali uchrashuvi edi. 2011 yil 24 mayda ammanliklar Qarshida 2:1 hisobida mag'lub etilgan. Endi bu uchrashuv tarixda qoldi. Klublar oldidagi vazifa ham boshqacha, tarkiblar ham boshqacha.

Etiborlisi, OFK kubogi bahsida maydonga tushgan futbolchilardan tarkibda faqat Maqsud Karimov qoldi. Tajribali himoyachi “Al Faysali”ga qarshi uchrashuvda ikkinchi marta maydonga tushishi mumkin.

Ozgina tarixga qaytamiz. 2001-2002 yilgi Osiyo chempionlari kubogida mamlakat sharafini himoya qilish “Nasaf”ning chekiga tushgan. “Do'stlik” va “Neftchi” jamoalari bu turnirda qatnashishdan bosh tortgach, bu vazifa “Nasaf”ga yuklanadi. Va qarshilik futbolchilar o'shanda qitada shov-shuvli natijalarni qayd etishgandi. Dastlab Turkmaniston va Tojikiston chempionlari mahv etilgach, BAAda tashkil etilgan guruh bosqichida mezbonlar, Eron hamda Quvayt chempionlariga munosib qarshilik ko'rsatishdi. “Ajdarlar” mamlakatimiz jamoalari orasida “Neftchi”dan keyin qitaning eng nufuzli musobaqasida yarim finalga qadar etib borishdi.

“Nasaf” shundan so'ng qitamizning klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasi - OCHLda 2012, 2013, 2015 va 2016 yillar ishtirok etgan.

Endi mehmonlar haqida to'xtaladigan bo'lsak. “Al Faysali” o'z tarixida ikki marta OFK kubogini qo'lga kiritgan. Mamlakat chempionatida esa sovrinlar yig'ish bo'yicha rekordchi klub hisoblanadi. “Al Faysali” Qarshida mag'lub bo'lsa ham, OFK Kubogi-2018dagi ishtirokini saqlab qolaveradi.

30 yanvar kuni mamlakatimiz futbol ishqibozlarining nigohi “Markaziy” stadionga qaratiladi. Yangi futbol mavsumining ilk rasmiy  uchrashuvi sanalgan “Nasaf” – “Al Faysali” bahsiga bo'lgan qiziqish juda katta. O'yinga chiqarilgan chiptalarning ham aksariyati sotib bo'lindi.

Aziz futbol ishqibozlari Siz ham “Markaziy”ga keling!

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика