So’nggi yangiliklar

12:19"Ал Ҳиол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  0 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   1 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  2 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  5 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  1 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  0 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  5 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  5 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  4 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  3 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили"  12 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0

OCHL-2017. Zuhurov "Bunyodkor"ni guruh bosqichiga olib chiqdi! Yangiliklar

OCHL-2017. Zuhurov "Bunyodkor"ni guruh bosqichiga olib chiqdi!

Teglar :  Al JayishBunyodkor
OCHL-2017 saralashi doirasidagi "Al Jayish" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

YANGILASH


O'yinda ikkala jamoa azolari ham juda ehtiyotkor tarzda harakat qilishdi. 17-daqiqada SHahzodbek Nurmatovning goli o'yindan tashqari holat tufayli hisobga olinmadi. Birinchi bo'limda ham, ikkinchi bo'limda ham jamoalar gol ura olishmadi. G'olibni aniqlash uchun qo'shimcha taymlarga murojaat qilindi. Qo'shmicha 30 daqiqada ham gol urilmadi.

G'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotoreyasida "Al Jayish"dan Romarino darvoza ustunini poyladi, Sardor Rashidov va Majid Siddiqning zarbasini esa Zuhurov qaytardi. "Bunyodkor"ning barcha uch futbolchisi ham gol urdi va "qaldirg'ochlar" guruh bosqichiga yo'l olishdi.


OCHL-2017 saralash bosqichi uchrashuvi
“Al Jayish” (Qatar) – “Bunyodkor” (O'zbekiston) 0:0 (penaltilar seriyasi 1:3)

7 fevral 2017. Doxa. “Abdulloh bin Xalifa” stadioni. 20:15 (Toshkent vaqti)
Hakamlar: Adham Makhadmeh, Ahmad Al Roalle, Issa Mahmud Al Amavi, Murad Ahmad Al Zavahreh (barchasii Iordaniya)
Uchrashuv komissari: Mindu Dorji (Butan)

Penaltilar seriyasi: Romarino (ustun) 0:0, Dostonbek Hamdamov 0:1, Sardor Rashidov (darvozabon) 0:1, Rustam Ashurmatov 0:2, Metnani 1:2, Eldor SHomurodov 1:3, Majid Siddiq (darvozabon) 1:3.

"Al Jayish": 16.Ababakar, 4.Mendes (67.Jasim Al Hoshimi, 90+4), 6.Isa, 8.Mufta, 10.Sardor Rashidov, 14.Metnani, 15.Traore (5.Muhammad Al Jabri, 46), 18.Abdulrab, 23.Siddiq, 24.Seydu Keyta, 31.Romarino.

Zaxira: 22.Saud Muborak, 2.Murod Naji, 13.Saloh Al Yahri, 27.Ahmad Moein, 33.Sayaf Muhsin,

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Rustam Ashurmatov, 4.Akrom Komilov, 7.Dushan Michich, 8.Javlon Ibrohimov, 9.SHahzodbek Nurmatov (97.Javohir Esonqulov, 65), 10.Eldor SHomurodov, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Nurillo To'xtasinov (16.Alisher Sanoev, 79), 21.Dilshod Ahmadaliev, 29.Otabek SHukurov.

Zaxira: 45.Dilshod Hamroev, 3.Islomjon Qobilov, 11.Vadim CHemirtan, 22.SHoxrux Gadoev, 30.Xurshid G'iyosov, .


Reyting: +94   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика