So’nggi yangiliklar

02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  0 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  34 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  1 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарий бошқача кечиши мумкин эди"  0 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  0 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  10 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  3

OCHL. 1-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

OCHL. 1-tur ramziy terma jamoasi

Yaxshi bilasiz, 24-25 fevral kunlari Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi 1-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
"Paxtakor" va "Nasaf" o'z maydonida Eron klublarini mag'lub etgan bo'lsa, "Bunyodkor" Saudiya Arabistonidan durang bilan qaytdi. "Lokomotiv" esa Osiyoning eng kuchli klublaridan biri "Al Hilol"ga mag'lub bo'ldi. Saytimiz xodimlari bilan o'zaro maslahatlashgan holda jamoalarimiz ishtirokidagi o'yinlardan kelib chiqib OCHL 1-tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

1-tur ramziy terma jamoasiga "Bunyodkor"dan beshta, "Nasaf" va "Paxtakor"dan uch nafardan futbolchi kiritildi. "Lokomotiv"dan esa hech kimni olmadik. Bunga sabab jamoa mag'lubiyatga uchragani emas, balki "Loko" tarkibida alohida bir o'yinchining ajralib turmagani uchun. Demak, quyida o'zini ko'rsata olgan 11 nafar futbolchini keltirib o'tamiz.

DARVOZABON
Akbar To'raev ("Bunyodkor")

SHubhasiz, "Al Nasr" bilan kechgan bahsda Akbar To'raev zo'r o'yin namoyish etdi. U bir necha bor o'z darvozasini muqarrar gollardan saqlab qoldi. Qolaversa, to'pga chiqishlarda ham ishonchli harakat qildi. Bemalol aytishimiz mumkin, shu kuni Akbar To'raev ham darvozabon, ham oxirgi himoyachi sifatida o'ynadi.

HIMOYACHILAR
Akrom Komilov ("Bunyodkor")
Artyom Filiposyan ("Bunyodkor")
Hamza Karimov ("Nasaf")
Davron Hoshimov ("Paxtakor")

CHap qanot himoyasida Akrom Komilov juda ishonchli harakat qildi. U raqib hujumlarini bartaraf etish bilan birga tez-tez hujumga ham qo'shilib turdi. Samarqandlik Artyom Filiposyan markaziy himoyada yaxshi o'yin ko'rsatdi. U raqib hujumchilariga deyarli imkon qoldirmadi.

"Nasaf" vakili Hamza Karimov esa jamoasiga g'alaba keltirgan gol muallifi bo'ldi. Natijada ushbu g'alaba "Nasaf"ga OCHLda ilk uch ochkoni taqdim etdi. Himoyachilardan "Paxtakor" tarkibida Davron Hoshimov ajralib turdi. Davron ham xuddi Akrom singari imkon bo'ldi deguncha jamoasi hujumiga qo'shilib turdi. SHuningdek, o'z joyini ham unutib qo'ymadi.

YARIM HIMOYACHILAR
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
Odil Hamrobekov ("Nasaf")
Kaxi Maxaradze ("Paxtakor")
Sato Minori ("Bunyodkor")
Sardor Rashidov ("Bunyodkor")

"Naft Tehron" bilan kechgan bahsning ikkinchi bo'limida maydonga tushirilgan Jaloliddin Masharipov tezda o'yinga kirishib keta oldi. U bir necha bor o'zining aldamchi harakatlari bilan raqib o'yinchilarini shoshirib qo'ydi. Natijada uning faolligi "Paxtakor"ga g'alaba keltirdi.

Yosh yarim himoyachi Odil Hamrobekovdan esa ko'pchlik bunday o'yinni kutmagandi. Biroq u katta o'yinda o'zini yo'qotib qo'ymadi va ishonch bilan to'p surdi. "Paxtakor" etakchisi Kaxi Maxaradzega kelsak, gruziyalik legioner har doimgidek jamoasini qiyin vaziyatdan olib chiqib keta oldi. Bu esa maydon egalariga qo'shimcha kuch bag'ishladi.

Yaponiyalik Sato Minoriga kelsak, bu futbolchi aynan Sergey Lushan qo'l ostida o'zining bor mahoratini namoyish etsa ajab emas. Sato jamoasining navbatdagi o'yinida ham yaxshi harakat qildi. Uning to'p uzatishlari va darvoza tomon bergan zarbasi yaxshi chiqdi. Oxirgi paytlarda tildan tushmayotgan Sardor Rashidovga esa ko'z tegmasin. Rashidov o'yindan o'yinga yaxshi harakat qilmoqda. SHu bois bu futbolchini ham ramziy termaga kiritmasak bo'lmasdi.

HUJUMCHI
Ilhom SHomurodov ("Nasaf")

Qarshida bo'lib o'tgan o'yinda "Nasaf" qiyinchilik bilan Eron klubini mag'lub etdi. Mazkur bahsda Ilhom SHomurodovning hisobni tenglashtirgan goli muhim rol o'ynadi. Umuman olganda, SHomurodov yomon o'yin ko'rsatmadi. U gol urishdan tashqari to'p uchun kurashlarda ham faol harakat qildi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика