"Obod"ni kelishilgan o'yinlarda ayblagan Federbet qanday tashkilot?
06 okt 2017 17:49
Yangiliklar
"Obod"ni kelishilgan o'yinlarda ayblagan Federbet qanday tashkilot?
Bugun Toshkentning "Obod" klubi oliy ligadan chetlashtirilgani haqida elon qilindi.
PFL bergan rasmiy bayonotga ko'ra, Federbet xalqaro notijorat federaciyasi "Obod"ni "So'g'diyona" (20-tur, 2:4) hamda "Nasaf"ga qarshi bahslarda (22-tur, 0:6) kelishilgan o'yinlarda aybladi.
O'zbekiston futbol federaciyasi nomiga shubhali o'yinlar haqida malum qilgan Federbet tashkiloti haqida qiziqib ko'rdik.
Federbet - notijorat tashkilot bo'lib, u kelishilgan sport o'yinlarini aniqlashda bukmekerlik kompaniyalariga yordam beradi. SHu bilan birga, tashkilot "pul yuvish" operaciyalari, voyaga etmagan futbolchilar bilan shartnoma tuzish kabi noqonuniy ishlarga qarshi kurashadi.
Fikrlar