Obameyangga "Yuventus" va "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda
02 jan 2022 23:43
Yangiliklar
Obameyangga "Yuventus" va "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang jamoani tark etishga tayyor.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi yanvardayoq jamoadan ketishga tayyor. Hujumchi avvalroq "Arsenal"da intizomiy qoidabuzarliklar tufayli sardorlik bog'ichidan ayrilgandi.
Gabonlik futbolchiga "Nyukasl" va "Yuventus" klublari qiziqmoqda. Italiya klubi uchun futbolchining maoshi juda yuqori tuyulmoqda. "Nyukasl" esa sotib olish sharti bilan ijaraga olish bo'yicha muzokaralar o'tkazishga tayyor.
32 yoshli Obameyang joriy mavsumda 15 o'yinda 7 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.
Forvardning London klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 15 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar