So’nggi yangiliklar

18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  0 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК (матнли трансляция)  2 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  7 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  13 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  7 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0

N.Yuldashev: Qo'qon kundaligi Yangiliklar

N.Yuldashev: Qo'qon kundaligi

Qo'qonga kelmaganimga ham ancha bo'ldi. Aslida bu shahar menga begona emas, futbolimizga-ku aytmasangiz ham bo'laveradi.
Qo'qon o'zbek futbolining vatani. Bundan 15 yillar avval har yili oilaviy Buvayda tumaniga kelardik. U erdagi qumning issig'i ming dardga davo deyishadi. Haqiqatdan ham shunday. Oyoq og'rig'i deysizmi, bel og'rig'i, bariga issiq qum davo. Albatta bu reklama emas, ishonmasangiz yozning chillasida bir Qo'qonga keling.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Yangiqo'rg'on tumanida ajoyib futbol tadbiri bo'lib o'tdi. 2-3 kun avval Islombek menga bu tadbir haqida aytganida qiziqib Qo'qonga kelishni reja qildim. Kelib afsus chekmadim. Balki tashkilotchilik u qadar kuchli bo'lmagandir. Lekin stadionga kelgan muxlislar o'tmish yulduzlarining o'yinlaridan yana bir bor bahra oldilar. Odatda bunday shou uchrashuvlar bizda deyarli o'tkazilmaydi. Kichik tuman amalga oshirgan ish esa taqsinga loyiq. Kimsan, aka uka Do'rmonovlar, Sergey Lebedev, SHuhrat Raxmonqulov, No'mon Hasanov...

Bazan Useyn Bolt va Mixael SHumaxer futbol shoularida qatnashib turadilar. SHumaxerni hozirgi holatini barchamiz bilamiz. SHunday tadbirlar, shunaqangi reklama qilib yuboriladiki, futbolga qiziqmaydigan kishini ham etiborini jalb etadi. Huddi shu ish kecha Yangiqo'rg'onda bo'ldi. Boks bo'yicha Sidney olimpiadasi chempioni Muhammadqodir Abdullaev jamoani sardor sifatida maydonga olib tushdi.

Qo'qonga kelishimdan birinchilardan bo'lib hammangizga tanish "Mexanik-14" (Abdurashid) topgan edilar. O'yindan keyin samovorga "Maks Kokand" (Maqsud), "Baxa oddiy bola" (Bahodir), "Champion6363" (Muzaffar) "AbrorAxmad" (Abror) va hali o'z nikiga ega bo'lmagan Maqsadbeklar bilan gurung qildik. Garchand saytda niki bo'lmasada, Maqsadbek hamma xabarni birma bir sinchiklab o'qib borar ekan.

Men ko'pincha saytdagi o'quvchilarni so'kinmaslikka, talim tarbiyaga chaqiraman. Kecha o'quvchilar bilan bo'lib o'tgan kichik uchrashuvimizda bu masalaga alohida to'xtaldik. "Champion6363", "AbrorAxmad" va "Mexanik-14" kabi o'quvchilarimizning yoshlari mendan katta, ammo bazi o'quvchilar ularga huddi ukasidek murojaat qilganini ko'raman. Nafaqat ularga, balki boshqa yoshi kattalarga nisbatan ham hurmatsizliklar bo'ladi. Bunday pallada ularni ayamasdan o'chirib yuborishim ham bejiz emas. Buni saytimizning faxriy yuzerlari ham to'g'ri yo'l ekanligini takidlab o'tishdi. Odob axloq nomarlariga rioya qilishga nima etsin. Qizig'i shundaki, "Mexanik-14" meni mehmonxondan olib ketar ekanlar, yo'lda bir yigit chiqdi. Mashinada o'tirgan yigitlardan biri, "saytingizda "AbrorAxmad" degani bor", desa, orqamizda o'tirgan yangi do'stimiz, "o'sha menman-da" deb jilmayib qo'ydi. "Maks Kokand" bilan esa verutal do'stlar samovorda tanishdilar. Ularning orasida Muzaffar aka ("Champion6363") ning hurmatlari ancha baland ekan. Yoshlari ham kichik emas. Hullas, sayt va saytdagi xodimlar to'g'risida ham gaplashdik. Eng muhimi birinchi ligani to'xtatamaslik borasida "buyruq" oldik.

Bugun esa yana bir katta futbol bayrami bo'ladi. Obektivimiz nigohi "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" uchrashuviga qaratiladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика