"Nyukasl" Gimaraes bilan shartnomani uzaytirmoqchi
11 mar 2023 12:33
Yangiliklar
"Nyukasl" Gimaraes bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Angliyaning "Nyukasl" klubi futbolchi Bruno Gimaraes bilan amaldagi bitimni uzoq yillarga cho'zishni istaydi.
"Hakkalar" bir qator Evropa gigantlari etiborini qozongan futbolchini 2028 yilga qadar kuchda bo'ladigan yangi bitim bilan klubda qolishini kafolatlab qo'yish niyatida.
Braziliyalik yarim himoyachining xizmatlaridan foydalanish istagini bildirgan klublar orasida "CHelsi", "Pari Sen-Jermen" va "Real"ni ko'rish mumkin. Gimaraesning Angliya klubi bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan kelishuvi mavjud. Biroq unga yaxshiroq taklif bilan chiqishsa, u APL vakili safini tark etishga rozilik bildirishi mumkin.
25 yoshli futbolchi Eddi Xau jamoasi uchun 4 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etdi. "Nyukasl" Angliya chempionatida kuchli to'rtlik uchun kurashmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar