"Nyukasl" "Atletiko" futbolchisi uchun 60 million evro taklif qilmoqchi
19 may 2022 13:02
Yangiliklar
"Nyukasl" "Atletiko" futbolchisi uchun 60 million evro taklif qilmoqchi
"Nyukasl" Madridning "Atletiko" jamoasi yarim himoyachisi Yannik Karrasko uchun 60 million evro taklif qilmoqchi.
28 yoshli futbolchi La Ligadagi eng universal o'yinchilardan biri hisoblanadi. U ham chap qanot vingeri, ham qanot himoyachisi sifatida o'ynay oladi.
Angliya klubi ispan klubini 60 million evro qoniqtiradi deb hisoblamoqda. "Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau mavsumlar oralig'ida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda va Karraskoni jamoaning o'yiniga kreativ olib kiradigan futbolchi sifatida ko'rmoqda.
Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 6ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar