So’nggi yangiliklar

15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  2 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  2 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  1 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  7 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  12 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  27 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5

"NTV Plyus" sharhlovchisi Denis Kazanskiy o'zbekistonlik futbol muxlislari bilan uchrashuv o'tkazdi Yangiliklar

"NTV Plyus" sharhlovchisi Denis Kazanskiy o'zbekistonlik futbol muxlislari bilan uchrashuv o'tkazdi

Xabaringiz bor, “Uzreport TV” telekanali orqali Evropa CHempionlar ligasining o'yinlari “jonli” efirda namoyish etilmoqda.

3-tur o'yinlarini sharhlab borish uchun Rossiyaning taniqli sport jurnalisti Denis Kazanskiy tashrif buyurdi. U mamlakatimizdagi futbol muxlislari bilan yaqindan tanishish va fikr almashish maqsadida bir guruh ishqibozlar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Futbol muxlislariga yaxshi malumki, Denis Kazanskiy Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi muxlisi hisoblanadi. SHu sababli “Uzreport TV”ning anjumanlar zalida “Manchester Yunayted” muxlislari bilan o'tgan uchrashuv Kazanskiy uchun ham juda qiziqarli tarzda o'tdi.

Muxlislar taniqli sport sharhlovchisiga Evropa CHempionlar ligasi, Angliya futboli, jumladan, “Manchester Yunayted” klubi haqida o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, uning fikrlari bilan qiziqishdi.

SHuningdek, suhbat davomida sharhlovchilik kasbi mavzusiga ham to'xtalib o'tildi.Kazanskiy sharhlovchilik kasbining o'ziga xos tomonlari haqida fikr yuritar ekan, o'zining faoliyatida ro'y bergan qiziqarli voqealardan misollar keltirib o'tdi.

O'zlarining sevimli sharhlovchilari bilan bo'lib o'tgan mazkur uchrashuv o'zbekistonlik futbol muxlislarida katta taassurot qoldirib, ular uchun unutilmas voqeaga aylanishi tabiiy.

Uchrashuv so'nggida muxlislar Denis Kazanskiyga milliy qadriyatlarimiz aks etgan esdalik sovg'alar taqdim qilishdi va birgalikda fanatlar qo'shig'ini kuylashdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика