"Nottingem Forest" Navas, Felipe va SHelvini qo'shib oldi. Yozdan beri klubga yangi kelganlar soni 29 nafarga etdi!
01 fev 2023 12:30
Yangiliklar
"Nottingem Forest" Navas, Felipe va SHelvini qo'shib oldi. Yozdan beri klubga yangi kelganlar soni 29 nafarga etdi!
"O'rmonchilar" qishki transfer oynasi yakunida bir nechta transferlarni elon qildi.
Jumladan, PSJning 36 yoshli darvozaboni Keylor Navas ijara asosida "Siti Graund"ga ko'chib o'tdi. U jarohatlangan Din Hendersonning o'rnini bildirmasligi ko'zda tutilgan.
"Atletiko"ning 33 yoshli himoyachisi Felipe "Forest" bilan 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi va bu Angliya klubiga 2 million funtga tushdi.
"Nyukasl"ning 30 yoshli yarim himoyachisi Jonjo SHelvi esa 2025 yilning iyunigacha amal qiladigan bitimga imzo chekdi. Uning transfer summasi oshkor qilinmayapti.
SHu tariqa, yozdan buyon "Nottingem Forest" safiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilarning umumiy soni 29 nafarni tashkil qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar