So’nggi yangiliklar

08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  3 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  0 07:58Суперлига. Бугун 18-турга старт берилади  0 07:45Ўртоқлик ўйини. "Палермо" - "Манчестер Сити" 0:3  0 07:30Расман. "Ал Насср" навбатдаги трансферини эълон қилди  0 02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  19 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1 01:12"Эшитдик-да". Роналдиньо Тошкентга келади!  5 00:58ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди  0 00:03"Барселона" Иньигонинг кетишини эълон қилди. Ҳимоячи "Ал Насср"га ўтмоқда  0 23:25Одил Абдумажидов: "Хато қилишга ҳаққимиз йўқ, "Қўқон-1912" билан 6 очколик ўйин бўлади"  0 22:49Ўртоқлик ўйинлари. МЮ пенальтилар сериясида "Фиорентина"дан устун келди, "Милан" "Лидс" билан дуранг ўйнади, "Арсенал" "Атлетик"ни таслим этди, "Рома" ва "Атлетико" эса инглиз клубларини мағлуб этди  1 22:33Риза Айвазов Мўғулистон клубига ўтди  7 22:11"Ньюкасл" 40 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 21:37"Реал" собиқ футболчиси Эден Азар ПСЖга ўтиши мумкин эди  1

"Norin" G'uzorda muhim g'alabaga erishdi (to'liq sharh) Yangiliklar

"Norin" G'uzorda muhim g'alabaga erishdi (to'liq sharh)

Bu turda “Norin” jamoasi G'uzorda “SHo'rtan” mehmoni bo'ldi. 6-turga qadar g'alaba qozona olmayotgan "Norin" bu gal yutuqni tantana qildi.

Uchrashuv ancha qiziqarli ruhda boshlandi. Garchi Islom Ismoilov jarohat olib maydonni bahs boshida tark etgan bo'lsada, mehmonlar mezbonlarga jiddiy qarshilik ko'rsatib Bohodir Murtazoevning aniq zarbasidan so'ng hisobni ochishga erishishdi. 15-daqiqaga kelib, Ulug'bek Xudoyberdiev to'pni jarima maydonchasi ichida qo'li bilan o'ynaganligi uchun "Norin" darvozasiga penalti belgilandi. Penaltini Otabek Narzullaev amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. Lekin, mehmon futbolchilari tez orada qarshi hujumda Sanjar Baratovga gol urish uchun imkoniyat yaratib berishdi. Sanjar yakuniy zarbani berishda xatoga yo'l qo'ymadi.
 
Goldan keyin mezbonlar hujumkorlikni oshirishgan bo'lsada, "Norin" futbolchilari hech bir jabhada raqibdan kam emasliklarini isbotlab, aksariyat vaziyatlarda pressing qo'llab, “SHo'rtan” jamoasiga imkon berishmadi. Birinchi bo'limda 1:2 hisobi o'zgarishsiz qoldi. Tanaffusdan keyin g'uzorliklarni butun diqqat etiborlarini hujumga qaratishlari aniq edi. Amalda ham shunday bo'ldi. Lekin, mehmonlar himoyada bexato harakat qilib, g'alabani saqlab qolishdi. Ushbu yutuq “Norin” uchun mavsumdagi dastlabki g'alaba bo'ldi. O'z navbatida “SHo'rtan” dastlabki mag'lubiyatini qabul qilishga majbur bo'ldi.

“SHo'rtan” – “Norin” – 1:2 (1:2). 2 may. G'uzor. “Markaziy” o'yingoh.
Hakamlar:
I.Xudaydotov, F.Yo'ldoshev, O.Qosimov.
Nazoratchi – N.Lutfullin.
Komissar – A.Fayziev.
"SHo'rtan": 25. Alibek Turobov, 3. Muhammadali Aliqulov, 4. Jamol Otaqulov, 6. Xolmurod Xolmurodov (15. Mo'minjon Meyliev, 77), 7. Olimjon Karimov (10. Marufxon Murodov, 70), 8. Sirojiddin Raxmatullaev, 11. Jasur Xolto'raev (9. Kenja To'raev, 52), 19. Muxammadali Abdurahmonov, 22. Og'abek Erkinov (21. Islom Boysariev, 60), 77. Otabek Narzullaev, 86. Obid Jo'raboev.
Zaxira: 70. Timur Jo'raev, 2. Nurali Padarov, 14. Jonibek Mirzaqulov,.
"Norin": 35. SHerzodbek Abduraimov, 4. Vusol Magerramov (S), 5. Ulug'bek Xudoyberdiev, 6. Islomjon Ismoilov (8. Jafar Ismoilov, 6), 10. Bahodir Murtazoev (9. Ulug'bek Xudoyorov, 57), 11. Sanjar Baratov, 15. Ziynatillo Ikromjonov, 19. Komiljon Tojiddinov (99. SHahzodjon Mamurjonov, 85), 22. Akbar Murodov (17. Fayzullobek Jumanqo'ziev, 64), 23. Farhod Namozov, 77. Abdumalik Toshpo'latov.
Zaxira: 95. Barakatillo Isroilov, 21. Akmal Abdurahmonov, 30. Abduaziz Abduhamidov,.
Gollar: O.Narzullaev (15-pen.) – B.Murtazoev (10), S.Baratov (17).
Ogohlantirishlar: J.Xolto'raev (21) - U.Xudoyberdiev (15), A.Murodov (47), SH.Abduraimov (68), F.Jumonqo'ziev (90+5).

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика