So’nggi yangiliklar

11:40Нагельсманн Германиянинг ноябрь ойидаги йиғинидан тажриба майдони сифатида фойдаланиш ниятида эмас  0 10:49АПЛнинг ўртамеёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  3 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  11 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  2 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  12 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  8 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  6 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  3 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3

Norchaev, Turg'unboev hamda Rashidovning Superkubok uchrashuvidan keyingi fikrlari Yangiliklar

Norchaev, Turg'unboev hamda Rashidovning Superkubok uchrashuvidan keyingi fikrlari

2022 yilgi O'zbekiston Superkubogi doirasidagi "Paxtakor" – "Nasaf" (1:0) to'qnashuvidan so'ng ikki jamoa futbolchilari fikrlarini bildirishdi.

"Mavsumdagi birinchi o'yinimiz bo'lgani bois oxirida charchab qoldik. Xudo xohlasa, chempionat boshlansa, bundan yaxshiroq harakat qilamiz. Xatolarimizni ko'rib oldik. 

"Navbahor"ga qarshi 1-tur o'yinida ijobiy natija ko'rsatishga intilamiz", – "Nasaf" hujumchisi Husayn Norchaev.

"O'yin ajoyib o'tdi. Finallar doim qiyin o'tgan. Kubokda imkoniyatni boy berganimiz sabab Superkubokni yutishga majbur edik, yakunda uni qo'lga kiritdik. Buning uchun jamoaga rahmat aytaman, hamma birgalikda astoydil mehnat qildi. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Murabbiy hamma o'yinchilarni bahsga yaxshi tayyorladi. Uning O'zbekistondagi ilk o'yini edi. SHu sabab u yutishimiz shart ekanligini va o'zbek futboliga moslashib ketishi uchun yordam berishimizni so'radi. Yakunda, uning yuzini erga qaratmadik. Qo'ldan kelgancha harakat qildik va uddaladik.

"Nasaf" mudofaa chizig'ida zich o'ynashi tufayli qanotlardan uzatilgan paslar evaziga gol urishimiz mumkinligini aytgandi va buni amalda isbotladik", – "Paxtakor" hujumkor yarim himoyachisi Aziz Turg'unboev.

"20-daqiqada jarohat oldim. Ertaga tibbiy tekshiruvdan o'taman. Manimcha, jiddiy emas. 

Juda qizg'in o'yin bo'ldi. Ikki jamoaga ham oson bo'lgani yo'q. Xudoga shukrki, biz g'alaba qozondik.

Maydon yaxshi holatda ekan. Fursatdan foydalanib, muxlislarga ham rahmat aytaman.

Murabbiy CHeranga yaqinroq poziciyada o'ynashimni aytgandi. Mavsum davomida oldingi chiziqda birgalikda harakat qilamiz. 

Voyneski jamoaviy o'yinni xush ko'radi. SHu bois ko'pincha sheriklarimga pas uzatdim. Bundan tashqari, CHeran bilan tandem hosil qilishga urindim", – "sherlar" vingeri Sardor Rashidov.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика