So’nggi yangiliklar

17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  1 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК (матнли трансляция)  2 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  5 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  12 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  6 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  5

No'mon Hasanov: "Javohir Sidiqov va Jasur Hakimov bo'lganida boshqacha taktikada o'ynardik" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Javohir Sidiqov va Jasur Hakimov bo'lganida boshqacha taktikada o'ynardik"

Superliga 21-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumaning ikkinchi qismida mezbonlar ustozi No'mon Hasanov va Quvondiq Ro'ziev qatnashishdi.

No'mon Hasanov: "Tomoshabop o'yin bo'ldi. Bugun faqat g'alaba uchun maydonga tushgandik. Birinchi bo'limda 3ta golga tortadigan vaziyat yaratdik, shulardan bittasidan foydalanganimizda edi, o'yin boshqacha bo'lar edi. Lekin yo'qotishlar baribir o'z so'zini aytdi. Javohir Sidiqov hamda Jasur Hakimov bo'lganida boshqacha taktikada o'ynardik. Bugun raqibimiz kuchli bo'lgani bois, himoyaviy taktikada to'p surdik.

Ijaraga olingan futbolchilar borasida O'FA qandaydir qaror chiqarishi kerakka o'xshaydi. Goldan keyin futbolchilarimiz ruhiy tomondan ustunlikka ega bo'lishdi va ketma-ket hujumlar uyushtirishdi. O'zi futbolda shunday gol urgach, ruhiy tomondan ustunlikka erishasiz.

Otaqo'zievni o'yinga tushirayotganimda gol urishiga ishongan edim. Unga baribir senda vaziyat bo'ladi degan edim. O'yin natijasidan xursand ham xafa ham emasman. Bugun bizni tinimsiz qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman.

Quvondiq Ro'ziev: "Muxlislarimizga katta rahmat. Ular 12-o'yinchi sifatida bizni qo'llab-quvvatlab turishdi. O'yindagi g'alaba biz uchun muhim edi. Javohir Sidiqovning yo'qligi bilindi. Uning o'rnini bilintirmaslikka harakat qildik".


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика