So’nggi yangiliklar

08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  1 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  3 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  12 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  5 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  43 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104

Nima uchun Ravshan Ermatov finalni boshqarishi kerak? Yangiliklar

Nima uchun Ravshan Ermatov finalni boshqarishi kerak?

sports.ru sayti ijodkorlari hamyurtimiz haqida maqola chop etishdi. Bu siz azizlar uchun ham qiziq bo'lishini hisobga olgan holda o'sha maqolaning o'zbek tilidagi ko'rinishini sizlar bilan o'rtoqlashishga qaror qildik.

Istaymizmi, yo'qmi hakamlar xam xato qilishadi. Axir, ular ham inson. Videotakrorlar amalda qo'llanilmaguncha hakamlik muammosi yuzaga chiqaveradi.
Perluiji Kollinadek yulduz hakamlar esa ayni paytda deyarli yo'q. SHu sababli, nega aynan Ermatov final o'yinini boshqarishi lozimligi haqida fikr yuritib o'tishga qaror qildik. 


Birinchidan, 36 yoshli hakamning tajribasi. U judayam yosh paytidan boshlab Osiyo miqyosidagi musobaqalarni, yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati uchrashuvlarida ishlagan.


Ikkinchidan, uning kamtarligi. Har kim ham Ravshan kabi o'z xatolarini tan olavermaydi. U tik turib hali o'rganadigan narsalari ko'p ekanligini aytib o'tgan. 

Masalan, ochilish o'yinini boshqargan yaponiyalik hakam Yuichi Nishimura. Deyan Lovren va Fred o'rtasidagi to'qnashuvni eslaysizmi? Bu masalada yaponiyalik hakam tomonidan hech qanday tushuntirish berilmadi. Bundan tashqari, JCH saralashidagi O'zbekiston hamda Eron terma jamoalari o'rtasidagi hisobga olinmagan gol. Umuman olib aytganda, Osiyoda 2012 yilning eng yaxshi hakami unvoni ham Ermatovga berilishi kerak bo'lganligi aytiladi. Lekin, hurmat yuzasidan o'shanda Nishimuraga berilgan. SHunday bo'lsada men aytaman: Ermatov - Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami. O'ylaymanki, u o'sha yili  ushbu unvonni qo'lga kirita olmaganidan hafa bo'lmagan.

Bundan tashqari, Ermatov Italiyaning Braziliya terma jamoasi darvozasiga kiritgan golini hisobga olishda xatolikka yo'l qo'yganligini ham tan olgan.




Uchinchidan, mutaxassislarning etirofi. Barcha ekspertlar va sobiq hakamlar Ermatovning ishlarini yuqori baxolashmoqda. Ayni paytda hakam worldreferee.com sayti tomonidan hisoblab boriladigan reytingda birinchi o'rinda ketmoqda va final o'yinini boshqarish uchun imkoniyatlari yuqori. U JCHlarda o'yinlarni boshqarish bo'yicha rekord o'rnatishga ham ulgurgan! To'qqizta o'yin!





sports.ru saytidan Aziz To'xtamurodov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика