So’nggi yangiliklar

15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  5 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  30 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7

Nima uchun Fergi futbolchilariga liboslarini almashtirishni talab qilgan? VIDEO Yangiliklar

Nima uchun Fergi futbolchilariga liboslarini almashtirishni talab qilgan? VIDEO

Kecha Angliya futbolidagi g'alati o'zgarishga 24 yil bo'ldi.

"Manchester Yunayted" safarda "Sautgempton"ga qarshi o'yinning tanaffusiga 0:3 hisobidagi mag'lubiyat bilan chiqib ketdi, 15 daqiqalikda esa Aleks Fergyuson futbolchilariga formalarini almashtirishni talab qildi. Bu yo'l baribir yordam bermadi - "farishtalar" yakunda 3:1 hisobida g'alabaga erishdi, ikkinchi bo'limda yosh Giggz raqiblari postiga yo'l topdi.


Tanaffusda shotlandiyalik murabbiy jaxl otiga mingandi: "Formangizni eching. Kiyimingizni almashtirishingiz kerak". U futbolchilarining himoyadagi xatolari haqida indamadi, u bor alamini kulrang liboslardan oldi.

Gari Nevill keyinchalik shunday degandi: "U o'sha liboslarni yoqtirmasdi. Bunga huddi nazariyalar joylashtirilgandek edi".

"Yunayted" o'sha mavsumda kulrang liboslarida 5 o'yin o'tkazgan va shularning atigi 1tasida g'alabaga erishib, qolgan 4tasida mag'lub bo'lgandi.

O'yindan keyin Fergyuson holatni shu tariqa tushuntirgandi: "Kulrang libosda futbolchilarim bir-birini ko'rmayapti, ajrata olmayapti. Yigitlarning aytishiga ko'ra, boshni ko'targan paytda sheriklarni topa olishmayapti. Vahima qiladigan boshqa hech nima yo'q"

1995/96 yilgi mavsum "Old Trafford"da so'nggisi bo'lgan Li SHarp oradan 10 yil o'tib, "The Guardian" nashriga nima sababdan o'sha o'yinga 2 komplekt libos olib borilganini aytib berdi: "Unchalik yodimda yo'q. Menimcha o'shanda kimdir libosdan shikoyat qilishini bilishgan. G'alati tomoni shundaki, bizning yonimizda yana bir libos bor edi. Biroq gap bunda emas. "Sautgempton"ning yo'l-yo'lli qizil liboslaridan ajralib turadigan aynan kulrang formani kim tanlaganini menga qiziq bo'lgan"

Nevill aytgan nazariya esa - Fergyuson shtabidagi mutaxassisning qarashlari bo'lgan, "farishtalar" kiyib tushgan qizil-oq libosli jamoaga qarshi o'yinda kulrang libosni ajratish biroz qiyinroq edi. Ayniqsa quyoshda ko'zga nur tushib, miyani chalg'itardi. Oq-ko'k esa boshqa gap. Ko'k rang ko'zga yaqqol tashlanib turadi"

O'sha kulrang liboslarni axlatga tashlab yuborish uchun Fergyusonga 5ta omadsiz o'yinning o'zi kifoya qildi. SHundan keyin "Umbro" kulrang liboslarning narxini keskin ravishda tushirishiga to'g'ri keldi. Boshida 30-40 funtga sotilgan liboslar narxi endi muxlislarning hovuridan tushishi uchun 10 funtgacha pasaytirildi.

SHu orqali Fergyuson OAVning futbolchilarga bo'layotgan bosimini tushirishga urindi. Bunga Nevill ham shunday ishora bergandi: "Jamoada kimdir jiddiy xatoga yo'l qo'ysa, Fergyuson matbuotda g'alati terminlar aytib, OAV etiborini o'ziga qaratardi".

2013 yilda "Manchester Evening News" muxlislar bilan birgalikda klub tarixidagi eng yomon libosni tanladi. Kutilganidek, o'sha kulrang libos birinchi o'rinni egalladi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика