So’nggi yangiliklar

09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  1 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  3 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  9 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  3 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  1 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  16

Nikola Stoshich: "Superligaga haqli ravishda yo'llanma oldik" Yangiliklar

Nikola Stoshich: "Superligaga haqli ravishda yo'llanma oldik"

"Buxoro" klubi mavsumni ajoyib o'tkazib, Superligaga yo'llanma oldi.

Jamoa Pro liga 28-turida "Xorazm" klubi bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi. "Turon" esa "Andijon"dan ustun keldi (4:0). Ikki jamoa ochkolari tenglashgan bo'lsa-da, o'zaro o'yinlarga ko'ra, buxoroliklar Superliga yo'llanmasiga erishishdi. "Xorazm" bilan bahsdan keyin "Buxoro" posboni Nikola Stoshich fikrlari bilan o'rtoqlashdi.



"Xorazm"da o'ynash qiyin bo'ldi. Maydon holati o'yinga ham o'z tasirini o'tkazdi. Lekin shunga qaramay, jamoamiz g'alaba uchun maydonga chiqqandi. O'zimiz istaganchalik o'ynay olmagan bo'lsak-da, vazifa uchun kerakli natijani qayd eta oldik. 



Og'ir mavsum o'tkazdik. Birorta oddiy bahs bo'lgani yo'q. Birinchi davradan keyin "Turon"dan 10 ochko ortda edik. Jamoamizning maqsadi esa unga etib olish va Superligaga chiqish hisoblanardi. O'ylagan rejalarimiz amalga oshdi va hammasi so'nggi turda hal bo'ldi. Asosiysi, jamoamiz bilan hamjihatlik va birdamlikda ko'zlangan maqsad sari intildik va bunga haqli ravishda erishdik. Bir so'z bilan aytganda, "Buxoro" jamoasi muxlislarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklayman. 



Jamoadagi kelajagimni bilmayman. Ushbu jamoada o'ynashdan mamnunman va faoliyatimni shu erda davom ettirishni istayman, biroq bu menga bog'liq emas. Kelajagim borasida rahbariyat bilan gaplashgan maqul", – deb so'zini yakunladi Stoshich.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика