Nikola Lazarevich: "Yigitlarimiz yaxshi o'ynashdi, ammo 100 foizlik vaziyatlarimizdan foydalana olmadik"
02 noy 2022 22:05
Yangiliklar
Nikola Lazarevich: "Yigitlarimiz yaxshi o'ynashdi, ammo 100 foizlik vaziyatlarimizdan foydalana olmadik"
Coca Cola Superligasi 24-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Nikola Lazarevich fikrlarini bildirdi.
- O'yin haqida
- Qiyin o'yin bo'lishini bilgandik va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Raqibning ayrim futbolchilari jarohatda ekanligidan xabarimiz bor edi. "Qo'qon-1912"ning o'tgan turdagi "So'g'diyona"ga qarshi o'yinini ko'rib, tahlil qilib chiqqandik. Yigitlarimiz yaxshi o'ynashdi, ammo 100 foizlik vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Bu borada raqibga omad kulib boqdi. Umuman olganda esa jamoamiz o'yinidan qoniqdim.
- SHerali Jo'raev ikkinchi taym boshida almashtirildi. Bunga nima sabab bo'ldi?
- U qanot yarim himoyachilarini yopishda qiynaldi. SHuning uchun uni almashtirishga qaror qildik.
Hujumni ham kuchaytirishni istadik. Salim Mustafoevni biroz orqaroqqa qaytardik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar