"Nicca" Marselo bilan shartnoma imzolamoqchi
19 avg 2022 11:07
Yangiliklar
"Nicca" Marselo bilan shartnoma imzolamoqchi
"Real" sobiq sardori Marselo faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "Nicca" 34 yoshli braziliyalikka qiziqish bildirmoqda. Tomonlar ehtimoliy o'tish borasida muzokaralar olib borishmoqda.
Braziliyalik himoyachi 1 iyulda erkin agentga aylandi, sababi uning "Real" bilan shartnomasi yakunlandi.
Marselo — "Real" tarixida eng ko'p sovrin yutgan futbolchi hisoblanadi. U jamoa bilan 25ta sovringa ega chiqqan. O'yinchi 2007 yildan 2022 yilgacha Madrid klubida harakat qildi. Futbolchi "qaymoqranglilar" tarkibida 544ta o'yinda maydonga tushib, 37ta gol va 103ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar