Neymarning "Barselona"ga o'tishi dargumon. Klub bunga qodir emas
09 avg 2023 02:48
Yangiliklar
Neymarning "Barselona"ga o'tishi dargumon. Klub bunga qodir emas
"Barselona"ning Neymarni sotib olishi dargumon bo'lib turibdi.
Klub braziliyalikni sotib olishga qurbi etmaydi. CHunki transfer narxi va maoshga katta pul sarflanishi talab etiladi. Bundan tashqari, futbolchi kataloniyaliklarning ustuvor maqsadi emas.
Takidlanishicha, Neymar jamoaga qo'shilsa, "Barsa"da yiliga 10 million evrodan ko'proq maosh oladi. Bu jamoadagi eng yuqori maoshlardan biri sanaladi. Kataloniyaliklar 31 yoshli futbolchini qo'lga kiritish uchun Usmon Dembele va boshqa futbolchilarni (masalan, Ansu Fati) sotishi kerak bo'ladi.
SHu bois, PSJ yulduzi MLS, Saudiya Arabistoni yoki Premer-ligaga yo'l olishi ham mumkin.
Oldinroq braziliyalik futbolchi "Barsa"ga qaytishni xohlayotgani va uning talablarini sezilarli darajada kamaytirishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar