Neymar yoshligida "Real"ga o'tishiga bir bahya qolgani haqida gapirdi
24 fev 2022 23:46
Yangiliklar
Neymar yoshligida "Real"ga o'tishiga bir bahya qolgani haqida gapirdi
Futbolchi 10 yoshida madridliklar safiga qo'shilishi mumkin bo'lgandi.
PSJ futbolchisi Neymar yoshligida "Real Madrid" klubi azosiga aylanishiga bir qadam qolgani haqida gapirib berdi.
"10 yoshligimda "Real Madrid" meni ko'rik uchun chaqirgandi. Men bundan juda mamnun bo'lgandim. Bu "Galaktikos" erasi payti edi. Men ularni o'yinlarini kuzatgandim. O'shanda hamma gollarni braziliyaliklar urishgandi. Men o'sha payt ettinchi osmonda edim.
U erda bir hafta ko'rikda qatnashdim. Ko'rik yakuniga yaqin ular meni jamoa bilan Barselonadagi turnirga olib bormoqchi bo'lishdi. Ammo men ortga qaytib ketdim. Sababi, men o'z uyimni juda sog'ingandim.
Umuman olganda, "Real"ga o'tishim uchun barchasi tayyor edi. Ammo men orqaga qaytib ketdim", -deydi Neymar.
Fikrlar