Neymar yana jarohat oldi va bu yil boshqa maydonga tushmaydi
26 noy 2025 16:48
Yangiliklar
Neymar yana jarohat oldi va bu yil boshqa maydonga tushmaydi
Neymar jarohat sabab yil oxirigacha o'ynamaydi.
"Santos" hujumchisi Neymar tizza jarohati tufayli yil oxirigacha maydonga tushmasligi mumkin.
Globo Esporte xabar berishicha, braziliyalik futbolchi chap tizzasidagi meniskdan jarohat olgan. U "Mirassol"ga qarshi Braziliya chempionati 34-turidagi (1:1) o'yindan so'ng tizzasida noqulaylik sezgan edi. Ushbu o'yinda Neymar gol urgan, ammo keyingi turdagi "Internasonal"ga qarshi bahsni o'tkazib yubordi.
Xabar qilinishicha, Neymar katta ehtimol bilan 2025 yil oxirigacha maydonga qaytolmaydi va mavsumda qolgan uchta o'yin — "Sport Resifi", "Juventude" va "Kruzeyro"ga qarshi bahslarni ham o'tkazib yuborishi kutilayapti.
35 turdan so'ng "Santos" Braziliya A Seriyasida 38 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar