Neymar "Ozodi" stadionidagi holatni mazax qildi
02 okt 2023 13:54
Yangiliklar
Neymar "Ozodi" stadionidagi holatni mazax qildi
Braziliyalik futbolchining jamoasi bugun Erondagi ushbu stadionda o'yin o'tkazadi.
"Al Hilol"ning braziliyalik hujumchisi Neymar Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida "Nassaji Mazandaran"ga qarshi o'yin oldidan uchrashuv o'tkaziladigan "Ozodi" stadioni maydonini masxara qildi.
Saudiya Arabistoni ligasining Tvitter platformasidagi rasmiy sahifasiga bo'lajak to'qnashuvdan oldin stadion holati aks etgan video yuklandi. Unga Neymar: "Bu erda o'yin o'tkazish imkonsiz" - deya izoh qoldirgan.
Eslatib o'tamiz, turnirning ilk turida "Al Hilol" o'z maydonida "Navbahor" bilan 1:1 hisobida durang o'ynagandi. "Nassaji" esa "Mumbay Siti" darvozasiga javobsiz ikkita to'p kiritgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar