Neymar endi Braziliya terma jamoasi sardori bo'lmaydi
10 avg 2016 09:02
Yangiliklar
Neymar endi Braziliya terma jamoasi sardori bo'lmaydi
Barselona hujumchisi Neymar endi katta ehtimol bilan Braziliya terma jamoasida sardor bo'lmaydi.
Braziliya terma jamoasi yangi ustozi Tite ushbu qarorni qabul qilmoqchi, uni mamlakat futbol Federaciyasi ham qo'llab quvvatlamoqchi.
23 yoshli futbolchi Braziliya olimpiya terma jamoasi safidagi o'yinlari tufayli OAV hamda muxlislar tomonidan keskin tanqid qilinmoqda.
Ko'pchilik Neymarning hakamlar bilan ko'p bahslashishi va yaxshi o'yin namoyish eta olmayotganidan norozi. Masalan, Neymar o'yin to'xtagan paytda jahl bilan to'pni maydon chetiga tepib yubordi.
Braziliya terma jamoasida sardor bo'lish uchun asosiy davogar PSJ himoyachisi Tiago Silva sanaladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar