Neymar "Bavariya"ga qarshi bahsdan oldin: "PSJning asosiy maqsadi - CHempionlar ligasi. Biz hamma sovrinlarni qo'lga kiritmoqchimiz"
13 fev 2023 23:36
Yangiliklar
Neymar "Bavariya"ga qarshi bahsdan oldin: "PSJning asosiy maqsadi - CHempionlar ligasi. Biz hamma sovrinlarni qo'lga kiritmoqchimiz"
PSJ hujumchisi Neymar "Bavariya"ga qarshi bo'ladigan bahs haqida fikr bildirdi.
Birinchi bahs 14 fevral kuni Parijda bo'lib o'tadi.
"Evropada o'ynay boshlaganimdan beri topdaman. O'z sifatlarim va qobiliyatlarimni bilaman. Biz ushbu bahsga tayyormiz, jamoamiz kuchli.
Top jamoalarga qarshi bahslarda ishtirok etishni yaxshi ko'raman. Yuqori darajali futbolchilar aynan shu uchrashuvlarda o'zlarini ko'rsatishlari lozim. Bor kuchimizni ishga solamiz.
Asosiy maqsadimiz - CHempionlar ligasi. Bazida hammasini ideal bajara olmaymiz. Bu huddi jahon chempionatiga o'xshaydi, kamroq xato qilgan jamoa uzoqroqqa boradi.
Biz bu erga sayr uchun emas, mehnat qilgani kelanmiz. Barcha sovrinlarni qo'lga kiritmoqchimiz. Afsuski, PSJ Franciya Kubogidan chiqib ketdi" - deydi braziliyalik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar