So’nggi yangiliklar

14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  0 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  3 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  7 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  5 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1

Nematillo Quttiboev: "Futbolchilar o'yin boshlanishidan oldin g'alaba qozondik degan kayfiyatda maydonga tushishdi" Yangiliklar

Nematillo Quttiboev: "Futbolchilar o'yin boshlanishidan oldin g'alaba qozondik degan kayfiyatda maydonga tushishdi"

Pro-Liganing 4-turidan o'rin olgan "Aral" - "Olimpik" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda muxlislarimizdan kechirim so'rayman. O'zingiz guvohi bo'ldingiz, ko'plab vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Darvozabon esa xatoga yo'l qo'ydi va gol o'tkazib yubordik. Goldan keyin asabiylashdik va o'zimizga kela olmadik. Futbolchilar o'yin boshlanishidan oldin g'alaba qozondik degan kayfiyatda maydonga tushishdi", - deya fikr bildirdi Nematillo Quttiboev bahs yakunlangach.

- Doniyor Ismoilov birinchi bo'limdayoq maydonni tark etdi. Uning zaxiraga olinishiga nima sabab bo'ldi?

- Majburiy o'zgarish qildik. Futbolchining o'zi almashtirilishini so'radi. U jarohat oldi.

- Jamoa to'purari Izzatillo Abdulhaqov bugungi uchrashuvda asosiy tarkibdan joy olmadi va ikkinchi bo'limda maydonga tushdi. Abdulhaqov asosiy tarkibdan joy olmagani haqida gapirib o'tsangiz...

- Biz keyingi o'yinlar haqida o'ylashimiz kerak. Bugungi uchrashuvdan keyin tarkibda o'zgarishlar bo'lishi aniq.

- "Olimpik" jamoasi haqida fikr bildirib o'tsangiz...

- Yosh jamoa. Ular bugun yaxshi o'yin ko'rsatishdi. "Olimpik" gol urganidan so'ng jamoaning o'ziga bo'lgan ishonchi ortdi. Ularni g'alaba bilan tabriklayman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика