So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  2 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

"Neftchi"ning 16 nafar futbolchi ishtirok etgan mashg'ulotidan GALEREYA Yangiliklar

"Neftchi"ning 16 nafar futbolchi ishtirok etgan mashg'ulotidan GALEREYA

Superliga jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirishmoqda.

Superligaga qaytgan "Neftchi" klubi bir necha kundan beri Toshkentda mashg'ulotlar olib bormoqda. Farg'onaliklarning kechagi mashg'ulotlarini bevosita kuzatib bordik. Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi jamoa mashg'ulotida kecha jami 16 nafar futbolchi ishtirok etdi. Yangi kelgan Lutfulla To'raev sobiq jamoasi bilan xayrlashib kelish uchun javob olgani bois ishtirok etmagan bo'lsa, darvozabonlardan biri Akbar To'raev jarohat sabab kecha ko'rinish bermadi. Bundan tashqari, Doniyor Narzullaev ham "Nasaf" tarkibida "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsda olgan jarohatidan to'liq forig' bo'lmagani bois kecha chigalyozdi mashqlardan so'ng individual tarzda shug'ullandi va to'p bilan ishlamadi.


Bosh murabbiyning so'zlariga ko'ra, tez orada Aleksandr Yeshich Toshkentdagi yig'inga kelib qo'shiladi. Darko Stanoevich, Daniel Stoykovich va yana bir o'yinchi Turkiyadagi yig'inda jamoaga kelib qo'shiladi. Bundan tashqari, jamoa 2 nafar yangi futbolchini jalb qilishni mo'ljallamoqda.

"Neftchi" jamoasi 16 yanvar sanasida "Buxoro"ga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Bellashuv Toshkentdagi "CHig'atoy" o'quv bazasiga qarashli suniy qoplamali maydonda bo'lib o'tadi. O'yin 11:00da start oladi.

Birozdan so'ng "Neftchi"ning kechagi mashg'ulotidan videolavha va jamoaning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yangi murabbiyi Durbek Umaraliev bilan suhbatni tomosha qilishingiz mumkin.

"Neftchi"ning kechagi mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov



"Neftchi"ning kechagi mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика