So’nggi yangiliklar

07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  5 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  11 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  37

“Neftchi”da bir qator o'zgarishlar yuz berdi Yangiliklar

“Neftchi”da bir qator o'zgarishlar yuz berdi

Bugun yani may oyining ilk sanasida “Neftchi” klubida bir qator o'zgarishlar yuz berdi.

Jumladan klub direktori vazifasida ishlab kelgan Hikmatullo Nasriddinov va shuningdek bungacha murabbiylar shtabida faoliyat yuritib kelgan katta murabbiy SHamil Iseev, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Eldor Sakaev, murabbiy Diyor Mirzaboev va matbuot kotibi Abror Dehqonov bilan  jamoa do'stona munosabatda xayrlashishga qaror qildi. Ularning klub ravnaqi uchun qilgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirgan xolda kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz.

Rahbariyat murabbiylar shtabiga mahalliy yosh murabbiylar Sergey Lebedev, Bahrom Haydarov va SHerzod Raimjonovni jalb etdi. Muxlislarga yaxshi malumki ushbu trio jamoamiz uchun begona emas. Sababi ularning har biri ilgari futbolchilik faoliyatining asosiy qismini aynan “Neftchi” jamoasida o'tkazgandi. Sergey Lebedev ilgari murabbiy sifatida ham ishalaganini ishqibozlar yaxshi bilishsa kerak. Malum tanaffusdan so'ng murabbiy yana jamoaga qaytdi.

Klub texnik direktori lavozimida endilikda Sulton Zaylobidinov faoliyat yuritadigan bo'ldi. Jamoamizning yangi murabbiylari va boshqa xodimlariga kelgusi faoliyatlarida omad tilab qolamiz. 


Islombek Rustambekov, "Neftchi" matbuot kotibi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика