So’nggi yangiliklar

08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  3 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  6 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  9 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  1 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  9 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  2 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  2 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  5 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  9 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1

"Neftchi": Yangi futbolchilar tanishtirildi FOTOGALEREYA Yangiliklar

"Neftchi": Yangi futbolchilar tanishtirildi FOTOGALEREYA

Bugun Farg'onaning "Neftchi" jamoasi FNQIZ Madaniyat saroyida yangi futbolchilarni tanishtirish marosimini o'tkazdi.
Tadbir avvalida Madaniyat saroyi xonandalari tomonidan koncert dasturi taqdim etildi. Koncert yig'ilgan muxlislarga bir olam quvonch baxshida qildi.

SHundan so'ng "Neftchi"ni Turkiyadagi yig'in doirasida o'tkazgan o'rtoqlik uchrashuvlarini jamlanmasi video rolik holida muxlislarga taqdim etildi. Bu video rolikdan yig'ilganlar bir olam taassurotlar oldilar.
So'ngra tadbirning asosiy qismi boshlandi. Tadbirni "Ruxsor" TRK boshlovchisi Xayrullo Yo'ldoshev olib bordi.

Tadbirda yangi o'yinchilarni tanishtirish uchun bir qancha mehmonlar tashrif buyurishdi. SHular qatoriga Farg'ona shahar hokimi, FNQIZ Kasaba qo'mitasi raisi, Farg'ona Futbol Federaciyasi vice-prezidentlari o'z tilaklari bilan qatnashdilar.

Dastlab "Neftchi'' klubi raisi Toxir Kapadze so'zga chiqib, yig'ilganlarni kelayotgan yangi mavsum bilan tabriklab o'tdi. Jamoa bu yil yuqori o'rinlar uchun kurashishga tayyorligi haqidagi nutqi barchaga manzur bo'ldi.

Birin-ketin so'zga chiqqan mehmonlar mavsum jamoaga omadli kelishini tilab o'tdilar.

Tadbirning keyingi qismida yangi o'yinchilarga futbolkalar taqdim etildi.
Evgeniy CHeremesin - 30, Sergey Smorodin - 1, SHukurali Po'latov - 3, Baxtiyor  Yoqubov - 6, Mansur Saidov - 7, Oybek Nurboyev - 4, Otabek Haydarov - 11, Zokirjon Nurmatov - 13, Kamron Kapadze - 24, Abbos Maxstaliev – 38-raqamli futbolkalarda to'p tepadigan bo'lishdi. Tadbir so'nggida klub rahbariyati va muxlislar o'rtasida savol-javob o'tkazildi.

Komiljon Ikromov
Farg'ona shahridan
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика