So’nggi yangiliklar

13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   2 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  15 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7

"Neftchi": O'rinbosarlarimiz ochko yo'qotishdi (FOTO+VIDEO) Yangiliklar

"Neftchi": O'rinbosarlarimiz ochko yo'qotishdi (FOTO+VIDEO)

Teglar :  So'g'diyonaNeftchi
Yoshlar ligasining navbatdagi turida Bahrom Haydarov ustozligidagi “Neftchi” yoshlar jamoasi o'z maydonida “So'g'diyona”ni qabul qildi.

Bahs gollarga boy bo'ldi. Dastlabki gol birinchi bo'limning so'nggida kiritildi. Muhsin Ubaydullaev o'z faolligining evaziga o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va to'pni markazga tashladi. Hujum markazida turgan Xurshid Asqaraliev aldamchi usulda to'pni osonlik bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Birinchi taym yosh farg'onaliklarning hisobdagi ustunligi bilan xotima topdi.

Mehmonlar mazkur golga ikkinchi bo'limda javob qilishdi. SHoxrux Dostonov SHuhrat Rahmonov qo'riqlayotgan darvozaga yo'l topdi. Oradan ko'p o'tmay zahiradan maydonga tushgan Abdurahmon Abdulhaqov raqib darvozabonini ranjitdi. Aynan uning javob goli hisobni 2:1 ko'rinishiga olib keldi.

Afsuski, so'nggi daqiqalar maydon egalariga xiyonat qildi. Ikkinchi bo'limning so'nggiga kelib SHoxrux Dostonov yana bir bor gol urdi hamda jamoasini muqarrar mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Yakuniy hisob 2:2, durang!

Yoshlarimiz bahsda quyidagi tarkibda harakatlandi

Asosiy tarkib: Abdumavlon Abdujalilov, Abrorbek Ismoilov, Islombek Karimov, Abduqodir Artikov, Xurshid Asqaraliev, Husniddin G'ofurov, Javohir Rasulov, Muhsin Ubaydullaev, SHodiyor Xojimatov, Mirjamol Nematov, Otabek Haydarov

Zaxira: SHuhratillo Rahmonov, Farxod Namozov, Murod To'ychiboev, Sardorbek Isakov, Abdurahmon Abdulhaqov, Rizo Ayvazov

“Neftchi” matbuot xizmati 




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика