So’nggi yangiliklar

07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  2 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  10 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3

"Neftchi" muxlislari faxriy futbolchilar bilan uchrashuv tashkillashdi Yangiliklar

"Neftchi" muxlislari faxriy futbolchilar bilan uchrashuv tashkillashdi

Teglar :  Neftchi
Yangi mavsumdan yana Superligaga qaytgan Farg'onaning "Neftchi" klubi muxlislari kuni kecha faxriy futbolchilar bilan uchrashuv tashkil etishdi.

Mazkur uchrashuvga jamoaning o'z davrining yorqin hujumchilaridan hisoblanadigan Anvar Berdiev va sobiq posbon Bahodir SHamsiddinovlar taklif etildi. Suhbat davomida "Neftchi"ning shonli o'tmishi haqida xotiralar yodga olindi. 

"O'sha vaqtda biz bugun yutamizmi deb emas, bugun nechta gol uramiz deb maydonga chiqar edik" - Anvar Berdiev. "Osiyo chempionlar ligasida "Al-Saad" darvozasiga kiritgan golim ko'plab muxlislar tomonidan faoliyatimdagi eng chiroyli gol sifatida etirof etib kelinadi. O'zim ham aynan o'sha golimni alohida etibor bilan xotirlayman".

- "Nasaf"ga qarshi o'yinda olgan jiddiy jarohatim ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. O'shanda qarshiliklar darvozasiga mavsumdagi 17-golim edi. Yodimda bor, 10 ta o'yinda 17 ta gol kiritgandim. Vaziyatdan kelib chiqqan xolda emociyaga berilib golni darvoza ortidagi muxlislar bilan birgalikda nishonlamoqchi bo'lgandim. Afsuski, golni nishonlash vaqtida oyog'im beton to'siqqa urildi va jiddiy tarzda jarohat oldim. Meni "Tez yordam" mashinasida olib chiqib ketishayotganida ham xayolim o'yinda edi. Oxirgi lahzalarda qulog'imga chalindi, “Neftchi" yana bir gol urdi. U tomonga qarashga imkonim bo'lmadi. O'shanda o'zim ham, jamoadoshlarim ham jarohatim bu qadar jiddiy bo'lib chiqishini bilmagan edik" - deya xotirladi sobiq hujumchi faoliyatidagi jiddiy jarohati haqida.

Uchrashuv davomida shu kabi jamoa tarixiga oid xotiralar, yodda qolgan o'yinlar xususida so'z bordi. SHuningdek Anvar Berdiev va Bahodir SHamsiddinovlar hozirda Yaypanning "Turon" klubidagi faoliyatlariga ham to'xtalib, bu jamoada futbol uchun yaratib berilayotgan sharoitlarni ijobiy baholadilar. Faxriy futbolchilar bilan tashkil etilgan uchrashuv so'ngida "Neftchi" yangi mavsumda Superligada munosib ishtirok etib, Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritishiga tilak bildirildi.


Bekzod Tolibov, Farg'onadan Championat.asia uchun maxsus

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика