"Neftchi" ikki futbolchi bilan shartnoma imzoladi
24 iyu 2022 17:30
Yangiliklar
"Neftchi" ikki futbolchi bilan shartnoma imzoladi
"Neftchi" ikkinchi davraga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun Toshkentda o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'tkazayotgani haqida xabaringiz bor.
Mashg'ulotlar davomida jamoa murabbiylar shtabi bir qator yosh futbolchilarni sinovdan o'tkazdi va mashg'ulotlarda o'zini ko'rsata olgan futbolchilar bilan shartnoma imzolash bo'yicha kelishuvga erishildi.
"Neftchi" tarkibida nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishga ulgirgan ikki futbolchi Nodirxon Nematxonov va Xumoyun SHerbo'taev bilan klub 31.12.2023 yilgacha shartnoma imzoladi.
Tarkibga kelib qo'ishilgan N.Nematxonov 21.06.2001 yilda tug'ilgan bo'lib, birinchi davrani PRO liga vakili "SHo'rtan" tarkibida o'tkazgan bo'lsa, X. SHerbo'taev 31.04.2001 yilda tug'ilgan u shu kungacha "Olimpik" PFK tarkibida maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar