So’nggi yangiliklar

12:21Расман: Томас Парти "Вильярреал" футболчисига айланди  0 11:53Модрич "Реал"га қайтиши мумкин  1 11:25Бахтсиз ҳодисада омон қолган Майкл Антонио "Вест Хэм"ни тарк этди  0 10:45Жанлуижи Доннаруммага ТОП клублардан таклиф тушди  2 10:12Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда  9 09:40Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди  3 09:08МЮ Антонига нарх белгилади  0 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  14 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  3 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  1 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  1 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  2 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  1 00:17Шешко Каррингтонда  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  34

“Neftchi-2004” – “Mustaqillik kubogi sohibi” Yangiliklar

“Neftchi-2004” – “Mustaqillik kubogi sohibi”

SHu kunlarda mamalakatimizda eng ulug' va eng aziz bayram – mustaqilligimizning 26 yilligi keng nirshonlanmoqda.

Xususan, Farg'ona bu borada turli musobaqalar tashkil etilmoqda. Mana shunday turnirlarda biri Farg'ona futbol maktabida bo'lib o'tdi.

“O'zbekiston Respublikasi mustaqiligining 26 yiligi kubogi” maqomini olgan musobaqada 2004-2005 yilda tug'ilgan bolalar jamoalari ishtirok etishdi.

Musobaqada 12 jamoa ikki guruhga bo'lingan holda kurashga kirishdi.

 

“A” guruhi

BO'SM (Farg'ona)
Fidokor (Marg'ilon)
Ipakchi (Farg'ona)
Yoshlik-2005 (Farg'ona)
Neftchi-2005 (Farg'ona)
Zafar (Uchko'prik)
 

“B” guruhi

Neftchi – 2004 (Farg'ona)
Qo'qon-Akademiya (Qo'qon)
Navbahor (Namangan)
Farovon (Marg'ilon)
Futbol maktabi internati (Farg'ona)
Yoshlik-2004 (Farg'ona)
 

O'z guruhida birinchi va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar yarim finalga yo'llanma olishshi.

Birinchi finalchi nomi BO'SM – Futbol maktabi internati jamoalari o'rtasidagi o'yindan keyin malum bo'ldi. Gollarga boy bo'lgan bahsda BO'SM vakillari 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi.

“Neftchi-2004” jamoasi esa final ostonasida “Fidokor”ni yirik 4:0 hisobida dog'da qoldirdi.

Hal qiluvchi bellashuvda – “Neftchi-2004” – BO'SM futbolchilarini 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi.

Ushbu jamoani “Neftchi” jamoasidagi yorqin o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan Aziz Alijonov boshqarib borayotganini takidlash joiz.

Musobaqa yakunida Farg'ona futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Hakimjon Fayziev g'olib va sovrindor jamoalarni taqdirladi. G'olib jamoaga kubok va diplom va oltin medallari topshirildi. SHuningdek, ikkinchi o'rinni egallagan jamoa ham  diplom va kumush medallarga ega bo'ldi.

Abror Dehqonov tayyorladi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика