So’nggi yangiliklar

Nedved Dibalaning "Yuventus"dan ketish sababini aytdi Yangiliklar

Nedved Dibalaning "Yuventus"dan ketish sababini aytdi

Turinning "Yuventus" klubi vice-prezidenti Pavel Nedved argentinalik hujumchi Paulo Dibalaning jamoani tark etishi sabablari haqida gapirdi.

"Biz futbolchini har tomonlama o'rganib chiqdik, u bizga maydonda va undan tashqarida nima berayotganini o'rgandik, loyihamizga qo'shgan hissasini hisobga oldik.

Ochig'i, uning talablari juda yuqori va buni tushunish mumkin, chunki u ajoyib futbolchi. Biroq biz ularni qondirishga tayyor emasligimizni his qildik, shuning uchun yo'llarimiz ajralishi tabiiy.

Lekin bu uning qoyilmaqom futbolchi emasligini anglatmaydi", – dedi Nedved.

Eslatib o'tamiz, Dibalaning "Yuve" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Oldinroq futbolchi Milanning "Inter" klubiga o'tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика