So’nggi yangiliklar

12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1

Neboysya Yovovich: "Qarshidan OCHL guruh bosqichiga beriladigan yo'llanma bilan qaytmoqchimiz" FOTO Yangiliklar

Neboysya Yovovich: "Qarshidan OCHL guruh bosqichiga beriladigan yo'llanma bilan qaytmoqchimiz" FOTO

Kecha "Al Faysali" Qarshiga juda kech kelgani sababli mehmonlar jamoasi bosh murabbiyi ishtirokidagi matbuot anjumani o'tkazilmagandi.

Ammo "CA" sayti muxbirlari Toshkentdagi aeroportdayoq "Al Faysali" bosh murabbiyi Neboysya Yovevichning fikrlarini olishga muvaffaq bo'lishgandi.

"Al Faysali" bosh murabbiyidan aeroportda olingan intervyu

Hozir Qarshi shahridagi "Markaziy" stadion matbuot anjumanlari zalida "Al Faysali" bosh murabbiyi Neboysya Yovevich ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda jamoa bosh murabbiyi hamda futbolchilar Halil Beniatiya va Yusuf Roajdi ishtirok etishdi. Qisqa davom etgan matbuot anjumanida Neboysya Yovovich o'yin oldi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Avvalambor shuni aytib o'tmoqchimanki, bazi bir muammolarga qaramasdan Qarshiga etib keldik. Iordaniyada turgan muxlislarimiz uchun bugun jamoamizning eng yaxshi o'yinlaridan birini ko'rsatishga harakat qilamiz. Iordaniyaga OCHL guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritgan holda qaytishni rejalashtirganmiz.

Tarkibdagi bazi futbolchilarda jarohat mavjud. Lekin shunga qaramasdan tarkibdagi mavjud futbolchilardan to'liq foydalanishga va biz uchun kerakli natijaga erishishga harakat qilamiz. Penaltilar seriyasi? Biz uchrashuv davomida har qanday scenariyga shay holatda tayyorgarlikka egamiz. Pley-off o'yini bo'lgani uchun barcha jihatlarni inobatga olganmiz, - dedi "Al Faysali" bosh murabbiyi Neboysya Yovovich.


Yusuf Roajdi: - Qarshiga g'alaba uchun kelganmiz. Muxlislarimiz bizdan ajoyib o'yinni kutishmoqda. Biz esa ularga g'alaba va guruh bosichiga yo'llanmani taqdim etmoqchimiz. "Nasaf"ga qarshi bahsda maxsus rejamiz bor.


Halil Baniatiya: - Iordaniya shanini himoya qilishimizni unutmagan holda o'ynaymiz. SHu boisdan ham faqat va faqat g'alaba uchun kurashamiz. SHuningdek, bizni iliq kutib olishgani uchun "Nasaf"ga tashakkur bildiramiz.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика