So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

Nazorat uchrashuvi. “Qizilqum” – “Oqtepa” 4:1 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. “Qizilqum” – “Oqtepa” 4:1

Teglar :  QizilqumOqtepa
Toshkentda o'quv yig'ini mashg'ulotlarini o'tkazayotgan “Qizilqum” futbolchilari bugun yig'in davomida ilk nazorat uchrashuvini poytaxtning “Oqtepa” jamoasi bilan o'tkazib, yirik g'alabaga erishishdi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida Nemanya Yovanovich uchrashuvda hisobni ochgan bo'lsa, 58-daqiqada jamoamizning boshqa bir legioneri Guja Grigalashvili kuchli zarbasi bilan oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Keyinchalik poytaxtlik futbolchilar oradagi farqni bittaga qisqartirishgan bo'lishsada, o'yin oxirlarida Humoyun Abdualimov va Mirjalol Qosimov raqib darvozasini aniq nishonga olib, hisobni yirik ko'rinishga keltirishdi -4:1.

“Oqtepa”ga qarshi bahsni futbolchilarimiz quyidagi tarkibda boshlashdi: Evgeniy CHeremisin, Giorgi Kvesieshvili, Erkin Boydullaev, Nemanya Yovanovich, Alisher Sanoev, Akmal Rustamov, Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, SHerali Jo'raev, Doniyor Usmonov, Guja Grigalashvili.

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Erkin Jabborov, Nodirxon Kamolov, Samandar SHodmonov, Feruz Boboqulov, Mirjalol Qosimov, Humoyun Abdualimov, Alisher Yusupov.

“Qizilqum” futbolchilari yig'ini davomidagi navbatdagi uchrashuvni 2 fevral kuni Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan o'tkazishlari rejalashtirilgan.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика