So’nggi yangiliklar

08:46Opta АПЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини эълон қилди  0 08:15Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  5 07:41Месси майдонга тушманган баҳсда Суарес бош қаҳрамонга айланди  2 07:15Суперлига. "Динамо" сафарда камбэк амалга оширди, "Навбаҳор" эса ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  0 00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  4 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  2 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  42

Nazorat uchrashuvi: "Qizilqum" - "Buxoro" 2:1 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi: "Qizilqum" - "Buxoro" 2:1

Avval xabar qilganimizdek, 27 dekabr kuni Navoiyda “Qizilqum” jamoasi yangi mavsum oldidan ilk nazorat o'yinida maydonga tushdi. Unda “Buxoro” futbolchilari konchilar mehmoni bo'ldilar.
Bu jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlar xoh rasmiy, xoh o'rtoqlik maqomda bo'lishidan qatiy nazar doimo murosasiz va shiddatli kechadi. “Yoshlar” sport majmui yashil maydonida kechgan bahs ham bundan mustasno emas.

Unda jamoalar quyidagi tarkiblarda maydonga tushdilar:

“QIZILQUM” (Navoiy): Erkin Jabborov, Ruslan Sanaev (Asqarjon Muhiddinov, 31), Fayzulla Qambarov (Nuriddin Rahmatullaev, 61), Akmal Rustamov, SHerali Jo'raev (Bahodir Qosimov, 70), Jamshid SHohnazarov (Bobir Mamirov, 46), Alisher Sanoev, G'ayrat Jumaev, Farruh Haydarov (Bobirjon Iskandarov, 46), Alisher Xoliqov (Feruz Boboqulov, 46), Azizbek Usmonov (Azizjon Nazarov, 83).

“BUXORO” (Buxoro): Maqsud SHabanov, Evgeniy Kochnev, Suhrob Nematov, Ravshan Aslonov, Ahror Umarjonov, Azamat SHaripov, Islom Xalilov (Umrullo Ramazonov, 59), Nozim Umurov, Aziz G'ulomxo'jaev,  Otabek Isroilov, Otabek Narzullaev (Mehroj G'ulomov, 70).

Uchrashuvni Oliy  toifadagi hakam Zokir Qodirov boshqarib bordi. Unga laynsmenlar Obid Jumaev hamda Ruslan Samandarovlar ko'maklashdi. Nodir Boltaev esa zaxira hakami vazifasini bajardi.

O'yin tafsiloti xususida qisqacha to'xtaladigan bo'lsak, uchrashuv to'liq mezbonlar ustunligida o'tdi. Dastlab “Qizilqum” hujumchisi Alisher Xoliqov 11-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, 43-daqiqada Jamshid SHohnazarovning faolligi evaziga mezbonlar o'rtadagi farqni ikkitaga etkazdilar - 2:0.

Tanaffusdan so'ng, konchilar tarkibida bir qator yoshlar maydonga tushirildi. Jumladan, mezbonlar murabbiylar shtabi o'tgan mavsumni asosan yoshlar tarkibida o'tkazgan Nuriddin Rahmatullaev, Bobirjon Iskandarov, Azizjon Nazarov, Bahodir Qosimov singari umidli futbolchilarga o'ynash imkonini berdi.

Ikkinchi bo'limda mehmonlar vakili Suhrob Nematov 62-daqiqada o'zini ko'rsatib, o'rtadagi farqni qisqartirdi - 2:1. Qolgan daqiqalarda esa hisob boshqa o'zgarmadi.

SHunday qilib, “Qizilqum” jamoasi yangi mavsum oldidan o'tkazilgan dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'inini nihoyasiga etkazdi. Jamoa azolari uchun Yangi yil bayrami munosabati bilan kichik tatil elon qilindi.

Rejaga ko'ra, konchilar qisqa tatildan so'ng, 2015 yilning 5 yanvar kuni o'z qarorgohlarida yig'ilishadi va Toshkentga safar qiladilar. 6 yanvar kuni poytaxtimizda “Qizilqum” jamoasi azolari uchun O'zbekiston Professional futbol ligasi Hakamlar qo'mitasi tomonidan maxsus seminar o'tkaziladi.

7 yanvarda esa navoiyliklar “Futbol-Med” tibbiyot-sog'lomlashtirish markazida ko'rikdan o'tishni rejalashtirishgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика