Nazorat uchrashuvi. "Neftchi" Qirgulida “Turon" bilan durang o'ynadi
19 fev 2022 17:41
Yangiliklar
Nazorat uchrashuvi. "Neftchi" Qirgulida “Turon" bilan durang o'ynadi
Qirgulidagi "Neftchi" sport majmuasi stadionida tashkil etilgan o'yinda Ilhom Mo'minjonov shogirdlariga Yaypanning "Turon" klubi raqiblik qildi.
- O'yinning 20-daqiqasida "Turon" qanot himoyachisi Abdug'ani Kamolovning jarima maydoni ichkarisidan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi.
- Birinchi bo'limning 27-daqiqasida yaypanliklar sardori Sardor Abduraimov darvozabon bilan birga-bir vaziyatda noaniq zarba yo'lladi.
- Uchrashuvning 30-daqiqasida "Neftchi"ning yosh hujumchisi Ulug'bek Hoshimovning kuchli zarbasini Nizomiddin Ziyovuddinov qaytarishga erishdi.
- 40-daqiqa. Abror Ismoilov uzoq masofadan yaypanliklar darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi, darvozabon to'pni egallab oldi.
- Birinchi bo'limning 44-daqiqasida Izzatillo Abdullaevning zarbasi darvoza to'siniga tegib maydonga qaytdi.
- 60-daqiqa. Sardor Abduraimov yaqin masofadan noaniq zarba yo'lladi, to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.
- Uchrashuvning 79-daqiqasida yaypanliklar himoyachisi Mirzohid Mirzamahmudovning jarimadan yo'llagan zarbasini “Neftchi" posboni qiyinchilik bilan qaytardi.
- 80-daqiqa. "Neftchi" legioneri Aleksandr Eshichning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.
- Uchrashuvning 85-daqiqasida Sirojiddin Qo'zievning zarbasi yaypanliklar darvozasi ishg'ol etilishi bilan yakuniga etishi mumkin edi, bu vaziyatda to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.
- 90-daqiqa. Uchrashuvda bosh hakamning o'yin yakunlangani haqida hushtagi yangradi - 0:0..
Takidlash joiz, "Neftchi" - "Turon" uchrashuvini tomosha qilish uchun stadionga ko'plab futbol muxlislari tashrif buyurdi. Garchi o'yinda hisob ochilmagan bo'lsa-da, muxlislar qiziqarli va murosasiz ruhda o'tgan o'yin guvohiga aylandilar.
Nazorat uchrashuvi.
"Neftchi" - "Turon" 0:0
Qirguli. "Neftchi" sport majmuasi maydoni.
Hakamlar: Doston Mirzaraimov, SHoxruh Azamov, Sanjar Rahmonov.
"Neftchi": Mashhur Muhammadjonov, Husniddin G'ofurov, Daniel Stoykovich, Darko Stanoevich, Mirzohid G'ofurov, Lutfulla To'raev, Oybek Qilichev, Abror Ismoilov, Husniddin G'ofurov, Abdullaev, Ulug'bek Xoshimov.
Zaxira: Akbar To'raev, SHuhratillo Rahmonov, SHodiyor Xojimatov, Umar Adhamzoda, Muhsin Ubaydullaev, Aleksandr Eshich, Abdulloh Olimov, Sirojiddin Qo'ziev, Sunnatillo Abdullaev, Marko SHarich.
"Turon": Nizomiddin Ziyovutdinov, Xushnudbek Avilov, Marlen CHobanov, Mirzohid Mirzamahmudov, G'olibbek Sariboev, Azam Aliev, Sardor Abduraimov, Abdulazizxon Abdurashidov, Abdug'ani Kamolov, SHarif Rahmatov, Xumoyun Murtozaev.
Zaxira: Akmal Tursunboev, Mirzohid Jalilov, Jasurbek O'rinov, Boburjon Qosimov, Saidafzalxon Ahrorov, Siyovush Xabibulloev, Ismoiljon Oxunjonov, Doniyor Ismoilov, Abdulhay Ismoilov, Kim Bo Yong, Aziz Ibragimov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar